Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Hammom eshigi ochiq qolsa, jinlarning zarari tegishi mumkinmi?

Hammom eshigi ochiq qolsa, jinlarning zarari tegishi mumkinmi?

Nashr sanasi: September 7, 2025

Savol :

Ustoz, men bir xonali uyda bolalarim bilan yashayman. Hojatxona bilan hammom bir joyda. Erim hech qachon hammomning eshigi ochiq qolmasin, u yerda shayton va jinlar yashaydi, kimgadir zarari tegishi mumkin, deydi. Shu gap qanchalik to‘g‘ri?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Hammom yoki hojatxona eshigi ochiq qolsa, jin-shayton odamga zarar qiladi, degan gap asossiz. Tozalik uchun yopib qo‘yish yaxshi, ammo qo‘rqitish va vasvasaga sabab qilish noto‘g‘ri.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu gapning diniy asoslari yo‘q. Ya’ni, hojatxona yoki hammom eshigi ochiq qoldi degani bilan jin va shaytonlar kirib olib, odamga zarar qiladi, deb bo‘lmaydi. Bu kabi gaplar asossizdir.

Bunday gaplar, ayniqsa, ayollarda va bolalarda vasvasa uyg‘otadi: “Men jin oldida turib qoldimmi?”, “Jin meni kuzatayaptimi?”, “Eshik ochiq qoldimi, jin chiqib ketdimi?” kabi ortiqcha o‘y-xayollar paydo bo‘ladi. Bu esa oilada qo‘rquv va asossiz tashvishlarga olib keladi.

Aslida, hojatxona va hammomlar hozirgi zamonda toza, suv bilan yuvilib turadigan joylar. Ularni “najosat xona” deb bo‘lmaydi. Poklik qoidalariga rioya qilinsa, jin yoki shaytondan xavf yo‘q.

Shuning uchun:

  • Bolalarni va oilani jin-shayton bilan qo‘rqitish to‘g‘ri emas.

  • Eshikni yopishning ma’nosi – poklik va odob uchun, xolos.

  • “Eshik ochiq qolsa jinlar zarar beradi” deyish – bu vasvasa bo‘lib, asossiz gapdir.

Xulosa: Hammom yoki hojatxona eshigi ochiq qolsa, jin-shayton odamga zarar qiladi, degan gap asossiz. Tozalik uchun yopib qo‘yish yaxshi, ammo qo‘rqitish va vasvasaga sabab qilish noto‘g‘ri.

Vallāhu aʿlam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Kim 40 ming marta istig‘for aytsa, tilagi ijobat bo‘ladimi?

    September 7, 2025
  • Uch kishi sheriklik asosida qilayotgan ish haqida.

    September 5, 2025
  • Musulmon kofir yurtda yashasa bo‘ladimi?

    September 4, 2025
  • Tojikistonda “halol” muhri bosilgan kolbasalarni yesak bo‘ladimi?

    September 4, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025