Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Haj farz bo‘lishi uchun kishining albatta uyi va mashinasi bo‘lishi kerakmi?

Haj farz bo‘lishi uchun kishining albatta uyi va mashinasi bo‘lishi kerakmi?

Nashr sanasi: May 4, 2025

Savol :

Ustoz, haj farz bo‘lishi uchun kishining albatta uyi va mashinasi bo‘lishi kerakmi? Agar uyi va mashinasi bo‘lmasa, haj vojib bo‘lmaydimi? Umuman, kimlarga haj farz bo‘ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Uy va mashina kabi narsalar hajning vojib bo‘lishi uchun shart emas. Bular insonda bo‘lsa — ortiqcha, bo‘lmasa — hajga to‘sqinlik qiladigan sabablar emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Uy va mashina kabi narsalar hajning vojib bo‘lishi uchun shart emas. Bular insonda bo‘lsa — ortiqcha, bo‘lmasa — hajga to‘sqinlik qiladigan sabablar emas.

Misol uchun, bir kishi ijarada yashayotgan bo‘lsa, ammo yashash uchun boshpanasi bor va bu barqaror bo‘lsa — u “uyi bor” deb hisoblanadi. Shariatda “albatta o‘z shaxsiy uyi bo‘lishi kerak” degan talab yo‘q. Agar yashash uchun joyi bo‘lsa va bu unga yetarli bo‘lsa — bo‘ldi.

Mashina esa undan ham ortiqcha. Kimningdir mashinasi yo‘q bo‘lishi mumkin, lekin u hajga borib kelishga yetadigan mablag‘ga ega. Bunday odamga haj farz bo‘ladi. Ya’ni hajga borib kelish uchun zarur xarajatlar — yo‘l puli, yashash, ovqat-ichimlik xarajatlari bor bo‘lsa va yo‘l xavfsiz bo‘lsa — bu kishiga haj vojib bo‘ladi.

Shu bilan birga, kimdir mashinasi bor, uyi bor, lekin hajga yetadigan puli yo‘q. Bunday holatda unga haj farz emas. Shuningdek, agar mashinasi hojatiga ishlatilayotgan bo‘lsa (masalan, ish uchun zarur bo‘lsa), uni sotib hajga bor deya olmaymiz. Chunki bu zarur narsa hisoblanadi.

Ammo kishi ortiqcha narsalarga — keraksiz mebel, hashamatli buyumlar, chiroyli ziynatlar yoki zamonaviy texnika vositalariga mablag‘ sarflab, hajga pul qolmagan bo‘lsa — bu noto‘g‘ri. Chunki u aslida ortiqcha narsalar uchun kerakli farzni qoldirgan bo‘ladi. Bu holatda gunoh sodir bo‘ladi.

Demak, hajning vojib bo‘lishi uchun asosiy mezon — kishining haj safariga borib kelishiga yetarli moliyaviy imkoniyatga ega bo‘lishi, va o‘zi va qarindoshlariga zaruriy ehtiyojlarni qondirgan bo‘lishidir. Agar bu sharoitlar bo‘lsa — haj farz bo‘ladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025