Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >G‘usl qilib tahoratsiz namoz o‘qisa bo‘ladimi?

G‘usl qilib tahoratsiz namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: April 27, 2025

Savol :

Ustoz, junub holatidan boshqa paytlarda tahorat olmasdan shunchaki g‘usl qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha mazmun: Ixtilofli masala. G‘usl tahorat o‘rnini bosadi, lekin eng yaxshi ish — avval tahorat qilib, keyin g‘usl qilish.

Bunda fuqaholarning ikki xil ko‘zqarashi bor. Ba’zilar tahoratni niyat qilmasa bo‘lmaydi, deydi. Ba’zilar esa, agar katta tahorat, ya’ni g‘usl — janobatdan g‘usl qilyapman deb niyat qilinsa, o‘sha tahoratning hadaslari, joylari ko‘tarilib ketadi, deydi.

Chunki janobatning hadasi katta hadas deyiladi. Katta betohoratlik ko‘tarilganda, kichik betohoratlik ham o‘z-o‘zidan ketib qoladi. Shu sabab, janobatdan niyat qilinsa, o‘zi tahorat ham bo‘lib ketadi, deyilgan.

Ya’ni bu — ixtilofli masala. Shuning uchun yaxshi tarafdan, xilofdan chiqib ketish uchun tahorat qilib, keyin g‘usl qilish sunnat hisoblanadi.

Agar bunday qilmay, faqat g‘usl qilib, tahoratni alohida niyat qilmay g‘usl qilgan bo‘lsa va o‘sha g‘usl bilan namoz o‘qigan bo‘lsa, qayta o‘qib o‘tirmaydi. Chunki bu masalada ixtilof bor.

Lekin bundan keyingisi uchun ixtilofdan chiqib ketish maqsadida, albatta, avval tahorat olib, keyin g‘usl qilish yaxshi bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hayvonlarni hayvonot bog‘ida saqlash ularga zulm emasmi? Bu gunoh emasmi?

    October 10, 2025
  • Hayz tugagan kunning ertasiga yana qizil aralash oqlik kelsa, namozlar nima bo‘ladi?

    October 4, 2025
  • Yubiley va tug‘ilgan kunlar o‘tkaziladigan oshxonada halol taom bo‘lsa, u yerda ovqatlanish yoki taom xarid qilish joizmi?

    October 4, 2025
  • Klinikada ishlayman. Ba’zan bemorga yordam bo‘lsin deb, ikkita tishni davolab, kassada bitta deb yozaman. Bu ishim joizmi?

    October 3, 2025
  • Bir odam vafot etib, mulklar qoldirdi. Katta o‘g‘il: “Otam bilan birga ishlaganim uchun bu uy va mashina meniki bo‘ladi, qolgan merosni taqsimlang”, deb turibdi. Shu holatda bu narsalar to‘g‘ridan meros bo‘lib hisoblanadimi yoki u da’vo qilayotgan mulklar haqiqatan unga tegishli bo‘lishi mumkinmi?

    October 2, 2025
  • Bir tanishim: “Yillar davomida Allohdan so‘rayman, lekin yomon odatlarimdan chiqa olmayapman. Demak, taqdirimda shunday yozilgan”, deydi. Bu to‘g‘rimi?

    October 2, 2025