Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Gunoh >Gunohni qayta-qayta qilgan odamning gunohi kechiriladimi?

Gunohni qayta-qayta qilgan odamning gunohi kechiriladimi?

Nashr sanasi: January 6, 2025

Savol :

Agar bir gunohni qayta-qayta sodir etib, uni tark qilishga harakat qilgan inson yana shu gunohga qaytsa, tavbasidan keyin uning gunohi kechiriladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Gunoh sodir etganingizdan so‘ng tavba qilib, Allohdan mag‘firat so‘ragan bo‘lsangiz, najot topasiz va muvaffaqiyatga erishasiz.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

“Sahihul Buxoriy” va “Sahihul Muslim”da Abu Hurayra roziyallohu anhudan keltirilgan hadisga ko‘ra, Alloh taolo o‘z bandasining gunoh sodir etib, keyin esa: “Ey Robbim, men tavba qildim”, deganini zikr qilgan.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Allohning bir bandasi gunoh qilib: “Ey Parvardigorim, men gunoh qildim, meni kechir”, deganini va Alloh uni kechirganini zikr qildilar. Keyin u yana shu gunohni qilgan va: “Ey Parvardigorim, men gunoh qildim, meni kechir”, degan. Alloh yana uning tavbasini qabul qilib, uni kechirgan. Uchinchi marta ham u xuddi shu gunohni sodir etib: “Ey Parvardigorim, men gunoh qildim, meni kechir”, degan va Alloh taolo uni yana kechirgan.
Alloh taolo shunday dedi: “Mening bandam biladiki, uning gunohlarini mag‘firat qiluvchi Robbisi bor va Men uni kechirdim. Hohlaganini qilaversin.”

Bu hadis shunga dalolat qiladiki, Allohning har bir bandasi gunoh sodir etganida tavba qilishi lozim, gunohda qasddan uzoq turib qolmasligi kerak. Hatto, shu gunohni yana sodir etgan taqdirda ham yana tavba qilishi shart, toki oxirida qilgan amali Allohga tavba bo‘lsin.

Shuning uchun siz gunohni tark etishga qat’iy niyat qilishingiz lozim. Agar yana gunohga qaytsangiz, yana tavbaga qayting. Qilgan gunohlaringiz uchun doimo istig‘for ayting va Shaytonning vasvasasiga uchmang. U sizga: “Sen qayta-qayta gunoh qilyapsan, tavba qilishning nima foydasi bor?” deb vasvasa qilishi mumkin. Biz esa shunday deymiz: “Alloh taologa tavba qiling, U buyuk va ulug‘ zot.”

Hatto, bu gunohni ming marta takrorlasangiz ham tavba qilaverin, halokat gunohda davom etib tavba qilmaydiganlarni kutmoqda — aynan ular halokatga duchor bo‘ladilar. Ammo siz gunoh sodir etganingizdan so‘ng tavba qilib, Allohdan mag‘firat so‘ragan bo‘lsangiz, najot topasiz va muvaffaqiyatga erishasiz.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025