Turmushimdan ajrashganman, ikki farzandim bor. Farzandlarim men bilan qolgan.
Ularning otasi johil, ibodatdan yiroq, halol-haromga e’tibori yo‘q, aqidasi ham boshqacha. Shu sababli farzandlarimni unga bermadim, lekin otasidan ayirmayman — so‘raganda ko‘rishlariga imkon yarataman.
Alloh imkon berganicha farzandlarimga to‘g‘ri tarbiya berishga harakat qilyapman.
Hozirda darslarim sababli ular bilan ko‘p shug‘ullana olmayapman. Darslariga ham yetarlicha e’tibor qaratolmayapman. Katta o‘g‘lim maktab yoshida. Qancha harakat qilsam ham, maktab muhiti ta’sir ko‘rsatmoqda — do‘stlaridan har xil gap-so‘z va yaramas odatlarni o‘rganib keladi.
Bolalarimni madrasalarga berib, ustozlardan to‘g‘ri yo‘lda ilm olishlarini istayman. Afsuski, bizning yurtda bu borada imkoniyatlar cheklangan. Bolalar katta bo‘layotgani sari ularning tarbiyasi menga og‘ir bo‘lib boryapti.
Muhitni o‘zgartirish maqsadida Misr yoki Turkiyaga chiqib ketish haqida o‘ylayapman. Ba’zi muhojirlar tomonidan sovchilar chiqyapti, lekin uyimdagilar “hujjat masalasida qiynalasan, doim qochib yurishingga to‘g‘ri keladi,” deb qarshi chiqishmoqda.
Men esa farzandlarim diniy ta’lim olib, to‘g‘ri e’tiqodda ulg‘ayishini istayman.
Shunday qilishim to‘g‘rimi? Yoki sabr qilib hozirgi holatimga ko‘nikkanim afzalmi? Iltimos, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsating.