Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzandlar yotog’ini alohida qilishga sharoiti bo’lmaganlar nima qiladi?

Farzandlar yotog’ini alohida qilishga sharoiti bo’lmaganlar nima qiladi?

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Ustoz, farzandlar voyaga yetganda o‘g‘il-qizlar yotoqni alohida qilish kerak, deb aytishadi. Ammo bunga sharoiti bo‘lmaganlar nima qiladi? Masalan, biz bir xonali uyda yashaymiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida ham uylar bir xonali yoki chodirdan iborat bo‘lgan va odamlar ko‘p farzandli bo‘lishgan. Ular bu masalada qanday yo‘l tutishgan?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sharoit bo‘lmasa, bir xonada bo‘lsa ham, to‘siq qo‘yish, boshqa-boshqa burchaklarda yotqizish lozim. Bitta to‘shakda yoki yostiqda yotish mumkin emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatlarda imkon qadar ehtiyot choralarini ko‘rish kerak. Ya’ni bir to‘shakda, bir ko‘rpada, bir yostiqda birga yotish taqiqlanadi. Agar imkon bo‘lsa, o‘rtaga bir to‘siq qo‘yish, ularni bir-biridan uzoqroq joylashtirish kerak.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrida ham bunday holatlar bo‘lgan. Masalan, Ibn Abbos roziyallohu anhuma aytadilar:
“Men xolam Maymunaning uyida kechani tunardim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi u yerga kelib, to‘shakka Maymuna onamiz bilan bosh tomonlari bir tomonga qaragan holda yotdilar. Men esa ularning yostiqlariga eniga yotdim.”

(Buxoriy rivoyati)

Ya’ni bu yerda bir yostiq bo‘lsa-da, joylari farqlangan. O‘g‘il boshqa yoqqa, qiz boshqa yoqqa yotqizilgan.

Bugungi kunda ham xonalar tor, sharoit cheklangan bo‘lsa, har bir farzandga imkon qadar alohida burchak, alohida to‘shak tayyorlab berish kerak. Agar ota-ona bilan bir uyda yotishsa, farzandlar (o‘g‘il-qiz) alohida burchakda bo‘lishi lozim. Hatto bir xonali uyda bo‘lsa ham, qiz bola va o‘g‘il bolani bir-biridan ajratishning bir yo‘lini topish zarur.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025