Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzand tarbiyasi maslahatlari

Farzand tarbiyasi maslahatlari

Nashr sanasi: June 1, 2025

Savol :

Farzandimning haqiqiy rujul (rijol) va din olimi bo‘lishi uchun o‘z maslahatlaringizni bersangiz, Alloh sizdan rozi bo‘lsin.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Buning uchun, ya’ni inson boshidan boshlab o‘sha rujullar (haqiqiy erkaklar) yo‘lida yurishi kerak. Bu rujullar — Rasululloh ﷺ va u zotning shogirdlari bo‘lmish sahobalardir. Sahobalar hayotidek hayotni o‘zimizga ibrat qilib tanlab, haqiqiy Qur’on va Sunnat yo‘lida yurishimiz kerak. Bu yo‘l — siddiq (rostgo‘ylik), vafo, ixlos, azimat (qat’iyat) yo‘lidir. Ana shu yo‘ldan og‘may yurish lozim.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillahi, amma ba’d.

Buning uchun, ya’ni inson boshidan boshlab o‘sha rujullar (haqiqiy erkaklar) yo‘lida yurishi kerak. Bu rujullar — Rasululloh ﷺ va u zotning shogirdlari bo‘lmish sahobalardir. Sahobalar hayotidek hayotni o‘zimizga ibrat qilib tanlab, haqiqiy Qur’on va Sunnat yo‘lida yurishimiz kerak. Bu yo‘l — siddiq (rostgo‘ylik), vafo, ixlos, azimat (qat’iyat) yo‘lidir. Ana shu yo‘ldan og‘may yurish lozim.

Avvalo, inson Alloh subhanahu va taologa o‘zini atab: “Men Alloh uchunman,” degan e’tiqodni qalbiga mustahkam joylashtirib, har kuni bu ahdni eslab turishi zarur. Shunda u farzandini ham shu ruhda tarbiyalaydi. Boshidan boshlab farzandiga sog‘lom, mukammal tarbiya berishga harakat qilsa — jismoniy, ruhiy, aqliy, iymoniy jihatdan — albatta, Alloh taolo o‘z fazli bilan natija beradi.

Yaxshi ustozlarni tanlab, farzandni ularning qo‘liga topshirish ham muhim. Ammo farzand tarbiyasida hech qachon adashmaslik kerak. Farzand tarbiyasi haqida uzoq darslar qilganmiz. Hozir ularning barchasini bu yerda keltirishning imkoni yo‘q. Agar o‘sha darslarni eshitib chiqsangiz, unda farzandni tarbiyalashda jismoniy, aqliy, ruhiy, jinsiy tarbiya kabi barcha sohalarda alohida-alohida gapirilganini topasiz.

O‘sha darslarni eshitsangiz, insha Alloh, foydasi bo‘ladi.
Wallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025