Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farzand ota-onaga istig’for so’rasa bo’ladimi?

Farzand ota-onaga istig’for so’rasa bo’ladimi?

Nashr sanasi: October 1, 2025

Savol :

Ustoz, otam be­namoz edi, lekin o‘tgan yilgi Ramazondan namoz o‘qishni boshladi. Besh mahal namozni mahkam ushladi va keyingi Ramazonda vafot etdi.
Otamning o‘qimagan oldingi namozlari uchun istig‘for so‘rasak, Alloh kechiradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Farzandning ota-onasining haqqiga duo qilishi va istig‘for so‘rashi ota-onaning amallariga qo‘shilib boradi. Hadisda ham keladi: “Iza mata ibnu Adam, inqata’a ‘anhu ‘amaluhu illa min thalathin” — ya’ni, odam vafot etsa, uch narsada amali davom etadi. Shulardan biri — ota-onasi haqqiga duo qiladigan solih farzanddir.

Alloh rahmat qilsin, bu katta bir ne’mat. Odamning mana shunday ibodat va toat ustida vafot etishi — katta fazilat. Masalan, bir yil ichida shunchalik ne’matga erishib qolishlari — Allohning fazli. Allohdan umid qilamizki, u zotning gunohlarini kechirgan bo‘lsin va solih amallarini o‘zi bilan hamroh qilgan bo‘lsin.

Farzandning ota-onasiga istig‘for so‘rashi bo‘ladi, ya’ni ota-onasi haqqiga duo qilishi va shu jumladan istig‘for so‘rashi ham ota-onaning amallariga qo‘shilib boradi. Hadisda kelganidek, ota-onaga amallar qo‘shilganda ular hayron bo‘lib: “Men bu narsalarni qilmagan edim-ku, bu qayerdan bo‘ldi?” desa, “Farzanding seni haqqingga istig‘for so‘rab turibdi”, deyiladi.

Shuning uchun farzandning ota-onasi haqqiga qiladigan duosi yetib boradi. Hadisda ham keladi: “Iza mata ibnu Adam, inqata’a ‘anhu ‘amaluhu illa min thalathin” — ya’ni, odam vafot etsa, uch narsada amali davom etadi, qolgan narsalarda esa to‘xtaydi. Shulardan biri — ota-onasi haqqiga duo qiladigan solih farzanddir. Demak, solih farzandning duolari ota-onaga yetib boradi.

Bu juda katta ne’mat. Alloh taolodan so‘raymizki, bunday katta ne’matni — ya’ni ota-onasi haqqiga duo qiladigan solih zurriyot qoldirishni — hammamizga nasib etsin. Shuning uchun ham odam solih zurriyotni ko‘paytirishga harakat qilishi kerak. O‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin — farzandlar, nabiralar haqqingizga duo qiladi. Duo qiluvchilar ko‘paygan sayin solih amallar ham ko‘payadi.

Istig‘for qilishdan tashqari yana boshqa solih amallarni ham qilishingiz mumkin. Masalan, otaning haqqiga vaqf qilish, ehson qilish, yaxshiliklarini davom ettirish va hokazo. Xullas, istig‘for va duo qilish ota-onaga foyda beradi, in shaa Alloh.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026