Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Farishtalar xayoldan o‘tgan narsalarni biladimi?

Farishtalar xayoldan o‘tgan narsalarni biladimi?

Nashr sanasi: October 1, 2025

Savol :

Ustoz, farishtalar, shayton va jinlar inson hayolidagi narsalarni biladimi? Farishtalar inson hayolidan o‘tgan har bir fikrni yozadimi? Qiyomatda shu hayollardan ham so‘ralamizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Avvalo, bu masala insonning hayolidan o‘tadigan narsalar haqidadir. Hayoldan keyin fikr keladi. Agar u fikr va hayolni bitta tushunchada jamlasak, shundan keyin “hamm” deyiladigan bir daraja keladi (arab tilida “hamm” — qilmoqchi bo‘lish). Keyin esa “niyat” darajasi boshlanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Avvalo, bu masala insonning hayolidan o‘tadigan narsalar haqidadir. Hayoldan keyin fikr keladi. Agar u fikr va hayolni bitta tushunchada jamlasak, shundan keyin “hamm” deyiladigan bir daraja keladi (arab tilida “hamm” — qilmoqchi bo‘lish). Keyin esa “niyat” darajasi boshlanadi.

Shariatda Alloh taolo bandani faqat niyatidan mas’ul qiladi. Niyatga qadar bo‘lgan bosqichlar — ya’ni odam o‘zicha ichida gapirishi (“hadīs-un-nafs”) Allohning rahmati bilan kechirilgan. Rasululloh ﷺ hadisda aytganlar:

«إِنَّ اللَّهَ تَجَاوَزَ لِأُمَّتِي عَمَّا وَسْوَسَتْ بِهِ صُدُورُهَا مَا لَمْ تَعْمَلْ بِهِ أَوْ تَتَكَلَّمْ»

“Albatta, Alloh bu ummatni o‘zicha ichida gapirgan narsalari uchun ushlamaydi, qachonki uni amalda qilmaguncha yoki til bilan aytmaguncha.”
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Demak:

  • Fikr — birinchi o‘tadigan narsa, undan hech kim mas’ul emas.

  • Hadīs-un-nafs (ichida gapirish) — kechiriladi.

  • Hamm (qilmoqchi bo‘lish) — yaxshilik bo‘lsa, ajr yoziladi; yomonlik bo‘lsa, hali yozilmaydi.

  • Niyat — shu yerda savob va gunoh yozilishi boshlanadi.

Yaxshilikka niyat qilsa — qilmasa ham bir ajr yoziladi, qilsa esa 10 barobar savob yoziladi. Yomonlikka niyat qilsa — qilmaguncha yozilmaydi, qilsa bitta gunoh yoziladi. Bu Allohning rahmati va mag‘firatidir.

Inson o‘zini hayol va fikrlarini nazorat qilishi kerak. Chunki yomon amal avval ko‘zdan boshlanadi, keyin hayolga keladi, keyin ichida gapiradi, keyin hammga, so‘ng niyatga aylanadi, niyat esa amalda ko‘rinadi. Amal odatga aylanadi. Shunday qilib jarayon bosqichma-bosqich ketadi. Javobgarlik esa niyatdan boshlanadi.


Farishtalar biladimi?

Farishtalar odamning faqat qilgan amallarini va niyatiga qarab yozadilar. Masalan, bir kishi amal qilsa, lekin riyo bilan qilsa, farishta uni “riyo” deb yozadi. U odamning ichidagi niyatni Alloh bildirgani uchun farishtalar biladi. Alloh ularni shu imkoniyat bilan quvvatlagan.


Jinlar va shaytonlar biladimi?

Rasululloh ﷺ aytganlar:

«إِنَّ الشَّيْطَانَ يَجْرِي مِنِ ابْنِ آدَمَ مَجْرَى الدَّمِ»

“Shayton Odam bolasida qon oqadigan joylarda yuradi.”
(Buxoriy va Muslim rivoyati).

Ya’ni shayton odamning tabiatini, nimani yaxshi ko‘rishini, nimani yomon ko‘rishini, qanday moyilliklari borligini biladi va shu yo‘nalishda vasvasa qiladi. Lekin bu u odamning butun ichki niyatini mukammal biladi yoki uni majburlab boshqaradi degani emas. U faqat vasvasa qiladi. Agar inson ilm va taqvo bilan o‘zini to‘g‘rilasa, shayton hech qachon uni majburlay olmaydi.


Xulosa

  • Inson fikr va ichida gapirish (hadīs-un-nafs) uchun javobgar emas.

  • Javobgarlik niyatdan boshlanadi.

  • Farishtalar yozishni Alloh bildirishi bilan amalga oshiradi.

  • Shayton esa vasvasa qiladi, lekin majbur eta olmaydi.

  • Inson o‘z fikr-hayollarini tozalashi kerak, chunki hamma narsa shu bosqichdan boshlanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025