Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Eski ko‘rinishdagi 100 dollarlik kupyuralarni 1% chegirma bilan, ya’ni 99 dollar hisobida so‘mga almashtirishmoq.

Eski ko‘rinishdagi 100 dollarlik kupyuralarni 1% chegirma bilan, ya’ni 99 dollar hisobida so‘mga almashtirishmoq.

Nashr sanasi: May 12, 2025

Savol :

Hozir bizda ayrim dollar ayirboshlovchilar eski ko‘rinishdagi 100 dollarlik kupyuralarni 1% chegirma bilan, ya’ni 99 dollar hisobida so‘mga almashtirishmoqda. Bu amaliyot riba (foiz)ga kirmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar bu ayirboshlash turli jinsdagi pul (masalan, dollarni so‘mga almashtirish) asosida bo‘layotgan bo‘lsa va ikki tomon rozilik bilan bu miqdor belgilanayotgan bo‘lsa — bu riba hisoblanmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda ayirboshlovchi eski ko‘rinishdagi dollarning qiymatini biroz pastroq baholayapti, ya’ni bozordagi talab va muomaladagi holatiga qarab uni kamroq narxda qabul qilayapti. Agar bu ayirboshlash turli jinsdagi pul (masalan, dollarni so‘mga almashtirish) asosida bo‘layotgan bo‘lsa va ikki tomon rozilik bilan bu miqdor belgilanayotgan bo‘lsa — bu riba hisoblanmaydi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025