Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ertalab yuzni yuvishdan avval birovga salom berish joizmi?

Ertalab yuzni yuvishdan avval birovga salom berish joizmi?

Nashr sanasi: September 14, 2025

Savol :

Ertalab yuz va qo‘lni yuvmasdan, tahorat qilmasdan birovga salom berish mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, mumkin. Bu narsani mumkin emas degan joyi yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, mumkin. Bu narsani mumkin emas degan joyi yo‘q. Rasululloh ﷺ aytganlar: «Mo‘min kishi najas bo‘lmaydi» (Inna-l-mo’mina la yanjus). Ya’ni, mo‘min hech qachon najas bo‘lmaydi. Rasululloh ﷺ har qanday holatlarida — yotganlarida ham, turganlarida ham Allohni zikr qilardilar. Hatto uyqudan turganlarida ham ko‘zlarini ishqalab, oyat o‘qirdilar, zikr qilardilar.

Shuning uchun salom berish, ko‘rishish yoki gaplashishda hech qanday zarar yo‘q. Bu masalada cheklov yo‘q.

Ammo hadisda kelganidek, uyqudan turgan kishi qo‘lini birdan idishdagi suvga tiqmasligi kerak. Chunki Rasululloh ﷺ aytganlar: «Bir kishi uyqudan tursa, qo‘lini idishga tiqmasdan oldin uch marta yuvib olsin, chunki uning qo‘li qayerda turganini bilmaydi» (Buxoriy, Muslim). Demak, idishdagi suvni nopok qilmaslik uchun qo‘lni oldin uch marta yuvish shart bo‘ladi.

Xuddi shunday, ovqatlanmoqchi bo‘lsa ham qo‘lini yuvib olish kerak. Lekin salom berish yoki quruq narsalarni ushlashda hech qanday muammo yo‘q.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025