Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Fiqh >Erning ruxsatisiz safar qilish joizmi?

Erning ruxsatisiz safar qilish joizmi?

Nashr sanasi: December 28, 2024

Savol :

Ustoz, erim bilan oramiz yaxshi emas. Yoshim 38da, 18 yoshli qizim va 3 yoshli o‘g‘il farzandim bor. Qizimni universitetda o‘qitish uchun 3 yoshli o‘g‘limni mahram qilib, Turkiyada yashash uchun safar qilishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Toki eridan ajrashmagan ekan, erning ruxsatisiz safar qilishi mumkin emas.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Savolda erim bilan oramiz yaxshi emas, deyilmoqda. Agar erning ruxsatisiz safar qilish masalasi bo‘lsa, bu joiz emas. Hali eridan ajrashmagan va iddadan chiqmagan bo‘lsa, shuningdek, munosabat yomonlashgani sababli erining roziligisiz chiqib ketish niyati bo‘lsa, bu joiz emas. Albatta, erining ruxsatini olib chiqish kerak bo‘ladi, agar u hali ham erining nikohida bo‘lsa.

Ammo, agar eridan ajrashgan bo‘lsa va iddasini o‘tagan bo‘lsa, unda muammo yo‘q, eridan ruxsat olish shart emas. Lekin savolda 3 yoshli bola mahram sifatida ko‘rsatilgan. Shuni bilish kerakki, 3 yoshli bola mahram bo‘la olmaydi. Hadislarda aytilishicha: “Qaysi ayol Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, u mahramsiz safar qilmasin.”

Mahramlarga quyidagilar kiradi:

– Ayolning nasab jihatidan 7 ta mahrami bor:

1. O‘g‘illari,
2. Otasi,
3. Aka-ukalari,
4. Tog‘asi,
5. Amakisi,
6. Opa-singillarining farzandlari,
7. Aka-ukalarining farzandlari.

– Bu nasab bo‘yicha mahram hisoblanadi. Shuningdek, emikdoshlik jihatidan ham 7 ta mahram bo‘lishi mumkin: emikdosh ukalari, emizgan o‘g‘illari, sut otasi va boshqalar. Bu 14 turdagi mahramni tashkil etadi.

– Nikoh sababli mahramlar to‘rt turdan iborat:
1. Onasining eri (o‘gay otasi),
2. Qizining eri (kuyovi),
3. Eri orqali qaynotasi,
4. Erining boshqa ayoldan ko‘rgan farzandlari.

Ulamolar aytishicha, mahramning quyidagi shartlari bor:

1. Oqil bo‘lishi kerak, ya’ni aqlli va eshitish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
2. Balog‘atga yetgan bo‘lishi kerak.

Balog‘atga yetmagan bola, hatto ayolning o‘z o‘g‘li bo‘lsa ham, mahram bo‘la olmaydi. Uch yoshli bola esa o‘zini ham himoya qila olmaydi. Shuning uchun bunday holatda ayol boshqa mahram topishi kerak. Safarga chiqayotganda ayolga mahram bo‘lib, xavfsiz joyga yetkazib qo‘yadigan biror kishi bo‘lishi kerak. Safar davomida doimiy mahram yonida bo‘lishi shart emas.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Qur’on tilovatidan keyin uning savobini boshqalarga bag‘ishlash joizmi?

    January 7, 2025
  • Jannatdagi hurlar kimga beriladi.

    January 7, 2025
  • Insonni protezlari bilan dafn qilish hukmi.

    January 7, 2025
  • Akaning o‘gay o‘g‘li mahram hisoblanadimi?

    January 6, 2025
  • Islomiy ismni boshqa bir islomiy ismga o‘zgartirish hukmi.

    January 6, 2025
  • Qorin bilan uxlash (qorinda yotib uxlash) mumkinmi?

    January 6, 2025