Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erining aytganini qilmagan ayolni eriga hiyonat qildi desa bo’ladimi?

Erining aytganini qilmagan ayolni eriga hiyonat qildi desa bo’ladimi?

Nashr sanasi: June 1, 2025

Savol :

Bir ayolning eri: “Erkak tish doktorga boribsanmi?” — deb so‘ragan ekan. O‘sha ayol esa shaharda ayol doktor bor bo‘lsa-da, otasining gapiga kirib, erkak doktorga tishini davolatgan ekan. Endi eri bu holatni “xiyonat” deb atayapti.

Ustoz, shu ayolning qilgan ishi xiyonat hisoblanadimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu erga xiyonat qilish ma’nosidagi xiyonat emas. Ammo umumiy ma’noda — omonatga xiyonat qilish doirasiga kiradi. Shunday ekan, bu holatda ayol eriga itoat qilishi kerak edi. Alloh isloh qilsin, Alloh o‘zi kechirsin. Allohumma amin.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillah, amma ba’d:

Endi xiyonat deganda qaysi ma’noda? Itoatsizlik ma’nosidami? Haqiqatda ayol erining aytganini bajarmagan. Bu ayol xato qilgan — ya’ni, eri “borma” degan bo‘lsa, bormasligi kerak edi.

Agar ayol doktor bo‘lmaganida yoki og‘riqqa chidolmaydigan darajada bo‘lganida, bu boshqa masala. Ammo modomiki ayol doktor bor bo‘lib turgan bo‘lsa, u holda erkak doktorga borish — bu erining gapini mensimaslik, pisand qilmaslik hisoblanadi. Shu jihatdan bu holat “xiyonat” deyiladi.

Lekin bu — biz odatda tushunadigan “katta xiyonat”, ya’ni erga xiyonat qilish ma’nosidagi xiyonat emas. Ammo umumiy ma’noda — omonatga xiyonat qilish doirasiga kiradi, bu esa to‘g‘ri.

Masalan, ota farzandlariga yaxshi tarbiya bermasa, u holda otalik omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi. Xuddi shuningdek, ona farzandlariga yaxshi tarbiya bermasa — onalik omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi. Do‘st do‘stlik omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi. Er xotinining omonatiga xiyonat qilgan bo‘lsa, bu ham xiyonat sanaladi.

Shunday ekan, bu holatda ayol eriga itoat qilishi kerak edi.

Alloh isloh qilsin, Alloh o‘zi kechirsin. Allohumma amin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025