Ustoz, turmush qurganimizga besh yil bo‘ldi, ikki nafar farzandimiz bor. Hozirda birga yashamayapmiz. Qaynonam menga tuhmat qilgan, turmush o‘rtog‘im esa unga ishonib, meni haqoratlab, sha’nimga og‘ir so‘zlar aytgan.
U menga: “Senga xayr” degan edi. Men: “Bu so‘zingiz taloq ma’nosidami?” deb so‘raganimda: “Javob senga“
deb aytdi. Shundan keyin idda sanab, onamnikida yashab kelyapman. Iddam tugagan.
Oradan besh oy o‘tib, erim: “Ajrashmaymiz, xato qilganman, tuhmatlarga ishonibman, qaytadan nikoh o‘qitib yashaymiz”, deyapti.
Ammo mening ko‘nglim sovib qolgan, birga yashagim kelmayapti.
Shu holatda men yashashga majburmanmi? Nasihat bersangiz, iltimos.