Ustoz, xo‘jayinim ko‘chaga chiqishimga qarshilik qiladi. Masalan, qizimni maktabga yoki bog‘chaga olib borishimni, do‘konga chiqishimni umuman xohlamaydi.
Lekin uyda ishlar va tashvishlar bilan juda zerikib ketaman. Bozorga chiqib kelsam, ozgina bo‘lsa ham chalg‘ib kelaman desam ham ruxsat bermaydi. O‘zim niqobda yuraman. Hozir niqob taqiqlangan. Maska taqaman, hijobda yuraman. Yonimda bolam borligini ham aytsam, baribir ruxsat bermaydi.
Qanday yo‘l tutsam yaxshi bo‘ladi? Iltimos, maslahat bering.