Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erim diniy jihatdan sust, bolalarim ruscha muhitda tarbiyalanmoqda. Nima qilay?

Erim diniy jihatdan sust, bolalarim ruscha muhitda tarbiyalanmoqda. Nima qilay?

Nashr sanasi: June 1, 2025

Savol :

Ustoz, erim 10 yil Saudiyada o‘qigan, lekin amalda din bilan bog‘liq hech narsa qilmaydi. Hozir Rossiyada yashaymiz, 3 farzandimiz bor, kattasi 13 yoshda, rus maktabida o‘qishadi. Men “Bu yerdan ketaylik, bolalarni islomiy muhitda tarbiyalaylik” desam, u “Avval maktabni tugatsinlar”, deydi. Lekin men bolalarimning ruscha tarbiyaga butkul o‘rganayotganini ko‘ryapman. U Qur’on yodlashni buyuradi, lekin o‘rgatishga vaqti bo‘lmasa, bolalarni ayovsiz uradi. Bolalar esa dindan sovub boryapti. O‘zim ham charchadim. Nima qilay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holat juda jiddiy. Farzandlar muhit va tarbiya ta’sirida shakllanadi. Shafqatsizlik, noto‘g‘ri muomala ularni dindan sovitadi. Imkon bo‘lsa, eringiz bilan muloyimlik bilan maslahat qiling, yaqinlaringiz bilan muhokama qiling va farzandlarni bu muhitdan qutqarish choralarini ko‘ring.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu og‘ir va murakkab holat. Farzandlar tarbiyasi — vaqtida to‘g‘rilanmasa, ortga qaytmaydigan yo‘lga olib borishi mumkin bo‘lgan mas’uliyat. Agar ular bu muhitda ulg‘aysa, Alloh saqlasin, diniy qadriyatlardan butunlay uzoqlashib, sizni ham, otasini ham tanimaydigan darajaga yetadi.

Bolalarning tarbiyasi faqat Qur’on yodlash bilan emas, muhit, muloyimlik, mehr, doimiy nazorat va namuna bilan bo‘ladi. Shafqatsiz muomala ularni dindan sovitadi. Bu — jiddiy xavf. Shuning uchun, imkon bo‘lsa, endi chora ko‘ring:

  • Yaxshi niyat bilan, muloyim tarzda eringiz bilan yana maslahat qiling.

  • Masalaning og‘irligini otangiz yoki akalaringiz bilan muhokama qiling.

  • Eng muhimi, farzandlaringizni bu muhitdan qutqarish haqida jiddiy o‘ylang.

Alloh har bir bandani holiga qarab sinaydi. Sizga ham, turmush o‘rtog‘ingizga ham hidoyat va to‘g‘ri yo‘l topishlikni nasib qilsin.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025