Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erim chet elda yuradi, yiliga 15 kun keladi, to‘shak haqlarimni ado etmaydi. Qochib ketsam bo‘ladimi?

Erim chet elda yuradi, yiliga 15 kun keladi, to‘shak haqlarimni ado etmaydi. Qochib ketsam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 5, 2025

Savol :

Erim doim chet elda yuradi. Kelsa ham menga unchalik parvo qilmaydi. To‘yimizdan oldin “dindor bo‘laman, Qur’on o‘qiyman” degan edi. To‘yimizga uch yil bo‘ldi, hali ham Muallim Soniyni o‘qib tugatmadi. To‘shakdagi haqqimni ham ado etmaydi. “Javobimni ber” desam, “yo‘q” deydi.
Qochib ketishimga fatvo bering. Balki vaqt o‘tib javobimni berar. Erli bo‘la turib ersizdek yashayapman. Ko‘p vaqtini chet elda o‘tkazadi. Yiliga 15 kun keladi xolos. Umrim zoye bo‘lyapti. Men boshqa turmush qurgim keladi. Bu menga zulm bo‘lyapti. Ikkita farzandim bor.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, qochib ketish shar’an joiz emas. Ota-onangiz yoki yaqinlaringiz orqali shar’iy yo‘l bilan taloq so‘ralishi kerak. Bu zulm bo‘lsa-da, ajrim ham tartibli bo‘lishi lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu holat haqiqatda zulm sanaladi. Yiliga atigi o‘n besh kun keladigan, kelganida ham sizga loqayd bo‘ladigan erning bu muomalasi to‘shak haqlari va mehr-muhabbat nuqtayi nazaridan zulmdir. Ammo bu holatga qarab sizga “qochib keting” degan fatvo berilmaydi.

Islomda nikoh qanday jiddiylik bilan tuzilgan bo‘lsa, uni hal qilish – ajrim (taloq) masalasi ham shunchalik muhim va shariatga muvofiq yo‘l bilan bo‘lishi lozim.

Shu sababli siz birinchidan, eringiz bilan ochiqchasiga suhbat qilib, masalani hal qilishga harakat qiling. Agar foyda bermasa:

  • Otangiz, akangiz yoki yaqin qarindoshlaringiz bu ishga aralashsinlar.

  • Qudalar bilan gaplashib, bir yo‘lga qo‘yishsin.

  • Agar bu ham foyda bermasa, shar’iy ajrashish – ya’ni taloq yoki faskh nikoh (qozilik yo‘li bilan ajrim) masalasini ko‘tarishsin.

Qochib ketish – bu muammoni hal etmaydi, balki boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Alloh Qur’onda:

وَأْتُوا۟ ٱلْبُيُوتَ مِنْ أَبْوَٰبِهَا ۚ
“Uylar ichiga eshiklaridan kiringlar.” (Al-Baqara 189)
ya’ni har bir masalani halol va to‘g‘ri yo‘l bilan hal qilish kerak.

Shunday ekan, siz sabr va aql bilan yondoshing, ota-onangiz, akalaringiz orqali shar’iy tartibda bu masalani hal qiling. Agar erkak o‘z vazifasini bajarmayotgan bo‘lsa, u shunga javobgar bo‘ladi. Siz esa bu zulmda befarq bo‘lmay, shar’iy vositalar orqali yechim izlashingiz lozim.

Vallohu A‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026