Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Eri umraga olib boraman demagan ayolning murojaati.

Eri umraga olib boraman demagan ayolning murojaati.

Nashr sanasi: August 4, 2025

Savol :

Men birinchi turmushimdan bitta farzand bilan ajrashganman. Keyin o‘zimdan ancha katta yoshli kishiga ikkinchi ayol bo‘lib turmushga chiqdim. Hozirda sakkiz oylik o‘g‘limiz bor. Bugun erim opasi, aka-ukalari va birinchi ayoli bilan Umra safariga ketdi.

Menga: “Bir og‘iz bo‘lsa ham seni ham olib boraman, in shā Alloh”, demagani uchun juda xafa bo‘ldim. Birinchi ayolining boshidan tilla sochsayam, ishim yo‘q. Asosiysi — holimni so‘rab, bolalarimga otalik qilsa bas, chunki o‘zim otasiz ulg‘ayganman.

Erimga “Nega birinchi ayolingizni olib ketyapsiz?” deb e’tiroz bildirganim yo‘q. Chunki u juda yaxshi inson. Biz yetimlarning boshini silagan. Alloh undan rozi bo‘lsin. Lekin baribir yuragim o‘ksidi. Iltimos, qalbim taskin topishi uchun nasihat qiling.


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Sizning holatingizni tushundim. Bu kabi vaziyatlarda eng afzal yo‘l — qadar (taqdir)ga ishongan holda Allohga suyanishdir. Agar Umraga borish sizga taqdir qilingan bo‘lsa, hech kim buni to‘sib qo‘ya olmaydi. Rizq va martabani bandalar emas, faqat Alloh beradi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Sizning holatingizni tushundim. Bu kabi vaziyatlarda eng afzal yo‘l — qadar (taqdir)ga ishongan holda Allohga suyanishdir. Agar Umraga borish sizga taqdir qilingan bo‘lsa, hech kim buni to‘sib qo‘ya olmaydi. Rizq va martabani bandalar emas, faqat Alloh beradi.

Yoshligimizda bir masal aytilardi: Tilanchi podshoh eshigida turib, har safar “Ber dedi – Rahmon, berdi Sulton”, der ekan. Bir kuni podshoh: “Bundan keyin bermanglar”, deb buyuradi. Tilanchi ketayotib: “Berma dedi – Rahmon,  Sulton qayerdan bersin?”, degan.

Demak, Alloh bermasa, hech kim bera olmaydi. Eringiz emas, sizning haqiqiy rizq beruvchingiz Allohdir. Qachonki rizqingiz sizga taqdir etilgan bo‘lsa, uni hech qanday e’tiroz yoki achchiqlanishsiz olasiz. Aks holda, harakat qilsangiz ham yetib kelmaydi.

Ba’zi salaflar aytgan:

“Rizqim bo‘lgan narsaning albatta menga kelishini bilganim uchun xotirjam bo‘ldim. Rizqim bo‘lmagan narsani esa harakat qilsam ham kelmasligini anglab, undan voz kechdim.”

Demak, siz taqdirga bo‘lgan to‘liq iymon bilan qalbingizni taskinlantiring. Bu og‘riq, xafalik — insoniy hol. Sahobalardan biri aytganidek: “Men ham inson bolasiman — odamlar afsuslansa, men ham afsuslanaman.”

Ammo dilingizni tinchlantiradigan narsa — Allohga suyanish, uni razzoq deb bilishdir. U kishi sizga yordam bermagan bo‘lishi mumkin, lekin ehtimol sizga aytmay ketganida ham sabablari bordir: sizni xafa qilishni istamagan yoki bilmasdan qilgan bo‘lishi mumkin.

Buni og‘irlik bilan emas, yengillik bilan qabul qiling. Balki o‘zi qachondir qilgan ishi uchun afsuslanar. Agar siz sabrli, muloyim va ko‘ngli keng ayol bo‘lib, sukut qilgan holda o‘z holatingizni Allohga topshirsangiz — Alloh albatta sizni ko‘taradi.

Shuningdek, bu vaqtni ziyon qilmay, ilm o‘rganishga, Qur’on yodlashga sarflang. Ba’zi ayollar turmush tashvishlaridan ilmga vaqt topolmaydi, sizda esa imkon bor. Alloh sizga bo‘sh vaqt va salomatlik bergan ekan, uni ilmgа bag‘ishlang.

Umraga borish niyatingizni saqlang. Balki hozir emasdir, lekin sabr bilan kuting — rizqingiz Allohning huzurida yozilgan. Shu orada Qur’on yodlang, dars tinglang, ko‘nglingizni ibodat bilan to‘ldiring. Alloh baraka bersin, sizga va farzandlaringizga.

Allāhumma āmin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Imomdan avval takbir aytib boshlangan namoz durustmi?

    September 2, 2025
  • Zinodan homilasi bor ayolga uylansam bo‘ladimi?

    September 2, 2025
  • Hovli merosxo‘rlar orasida qanday taqsimlanadi?

    September 2, 2025
  • “Sigaret cheksam, xotinim taloq” degan kishining savoli.

    September 2, 2025
  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

    August 31, 2025