Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Er-xotin nazr qilib uni bajarmasa uning hukmi qanday bo’ladi?

Er-xotin nazr qilib uni bajarmasa uning hukmi qanday bo’ladi?

Nashr sanasi: August 24, 2025

Savol :

Biz turmush o‘rtog‘im bilan to‘ydan avval agar birga bo‘lsak, deb nazr qilgandik. Xo‘jayinim: “Agar sizga uylansam, musiqa va shunga o‘xshash narsalarni eshitmayman”, degandi. Keyin biz turmush qurdik, to‘rt yil bo‘ldi, lekin u qilgan nazriga amal qilmadi. Buning hukmi nima bo‘ladi? Men esa: “Miqdorini dadamga beraman”, degan edim. Mahr pulidan ajratdim, lekin zarur bo‘lib qolib, ishlatib yubordim. Endi men mahr pulining o‘rniga boshqa pul berib qo‘ysam, nazrimni bajargan bo‘lamanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Er ma’siyatdan to‘xtashni, xotin esa mahr pulidan yordam qilishni nazr qilgan. Lekin ikkalovi ham nazrni unutib qo‘yishgan. Mahrni ishlatib qo’ygan ayol boshqa mablag‘dan “bu o‘sha mahrim hisobidan”, deb bersa bo‘ladi. Shunda uning nazri ado qilingan bo‘ladi. Er esa nazrini bajarmagan. Shuning uchun u qasam kafforatini beradi, Allohga tavba qiladi va bundan keyin ma’siyatdan to‘xtashga harakat qiladi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala rasulillahi va ba’d.
Bu er-xotin qilgan ishlaringiz “Ishim bitta, eshagim loydan o‘tdi”, degandek bo‘libdi-da. Ya’ni nazr qilibsizlar: eringiz toat qilishni, ya’ni ma’siyatdan to‘xtashni nazr qilgan, siz esa yaxshilik qilishni nazr qilgansiz. Lekin ikkovlaringiz ham nazrni unutib qo‘yibsizlar.

Ammo sizga hali fursat bor. Chunki o‘sha mahrdan beraman degan bo‘lsangiz, mahrni ishlatib yuborganingizdan keyin yana boshqa mablag‘dan “bu o‘sha mahrim hisobidan”, deb bersangiz bo‘ladi. Shunda sizning nazringiz ado qilingan bo‘ladi, insha Alloh.

Eri bo‘yicha esa: u nazrini bajo keltirmabdi. Chunki “musiqa eshitmayman”, deb nazr qilib, keyin eshitib yurgan ekan. Demak, u nazriga vafo qilmagan. Bu xuddi qasamini buzgan odamga o‘xshaydi. Shuning uchun u kishi qasam kafforatini beradi, Allohga tavba qiladi va bundan keyin ma’siyatdan to‘xtashga harakat qiladi. Chunki bu faqat sizga uylanmaganida vojib bo‘lgan amal emas, balki barcha mo‘minlar uchun vojib bo‘lgan narsa hisoblanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025