Meni anchadan beri qiynab kelayotgan bir dardim bor.
“Erni norozi qilgan ayol jannatning hidini ham hidlay olmaydi”, degan so‘zlarni o‘qir ekanman, dod deb yig‘lagim keladi. O‘zimning qiyomatdagi holatimni tasavvur qilib, yuragim siqilib, kasal bo‘lib qolayapman. Men erimga itoat qilmayman, qilolmayman. Hatto undan qochib ketganman. U esa talog‘imni bermayapti — ikki yildan beri aytmagan so‘zim qolmadi.
Aytingchi, ustoz, shu erkak rozi qilishga loyiq erkakmi? U meni birinchi turmushimdan qolgan qizim bilan birga qabul qilgan edi. Keyin esa qizimga aytishga tilim bormaydigan ishlar qilmoqchi bo‘lgan, tinmay shunga harakat qilgan. Qizim qo‘rqqanidan uch yil davomida bu voqeani mendan yashirib yurgan. Men esa bilmaganman va musulmon ayol sifatida itoat qilinishi lozim bo‘lgan barcha ishlarida unga itoat qilganman.
Bu ishni eshitganimdan keyin ham unga itoat qilishim kerakmi? Qalbim bunga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun undan hijrat qilib, chiqib ketdim. Hozir bu yerda ham tinmay men bilan aloqa qilishga harakat qilyapti.
Xullas, savolim shuki: unga itoat etmasdan Allohning g‘azabiga uchramaymanmi? Talog‘imni ololmayapman, baribir unga risoladagidek xotin bo‘la olmayman. Sizning maslahatingiz menga hozir havodek zarur.