Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

Er taloq bermasa, ayol nima qilishi kerak?

Nashr sanasi: August 31, 2025

Savol :

Onam oltmish yoshli bir kishiga turmushga chiqqan edi. U kishi onamga yoqmadi. Javobini so‘rasa, taloq bermayapti. Onam nima qilishi kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ayol kishiga eri yoqmasa, yashashga majbur bo‘lmasa, albatta erkak taloq berishi kerak. Agar er taloq berishga rozi bo‘lmasa, xul’ qilish mumkin, ya’ni ayol eriga biror mablag‘ yoki mahrni qaytarib berish evaziga taloq talab qiladi. Bu shariatda joiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada sabablarni ko‘rib chiqish kerak. Ajralishning bir necha yo‘li bor:

Agar ayol kishiga eri yoqmasa, yashashga majbur bo‘lmasa, albatta erkak taloq berishi kerak. Agar er taloq berishga rozi bo‘lmasa, xul’ qilish mumkin, ya’ni ayol eriga biror mablag‘ yoki mahrni qaytarib berish evaziga taloq talab qiladi. Bu shariatda joiz.

Agar erkak “taloq bermayman, xul’ ham qilmayman, men bilan yashaysan” desa, bu noto‘g‘ri. Chunki ayol mol emas — olib kelib bog‘lab qo‘yiladigan, ishlatib yashaydigan narsamas. Ayol Alloh yaratgan aql va irodaga ega inson. Uning roziligi va huquqi bor. Shariat bunga ko‘z yummaydi.

Ba’zi odamlar “taloq faqat erkak qo‘lida” deb o‘ylashadi. To‘g‘ri, taloq erkak qo‘lida, ammo bu degani ayol yillar davomida na nafaqasiz, na erlik huquqlarisiz, na erkinligisiz yashashga majbur bo‘lsin degani emas. Rasululloh ﷺ aytganlar:

“Bir ayol mushukni qamab qo‘yib, unga ovqat bermagan va uni erkin qo‘yib yubormaganligi sababli do‘zaxga kirdi.”
(Buxoriy va Muslim)

Bir mushukka zulm qilgan odam jazoga loyiq bo‘lsa, bir ayolga zulm qilgan erkak qanday qilib jazodan qutuladi?

Nikoh “zavj” — juftlik demakdir. Turmush ikki tomonning muvofiqligi bilan davom etadi. Er-xotin bir-biriga ko‘z va qo‘l singari yordamchi bo‘ladi. Agar ayol “yashay olmayman” desa, shariat unga yo‘l ochadi.

Shunday holatda ayol o‘zining valiylariga (aka, ota, qarindoshlariga) murojaat qilsin. Agar ularning oldida ham muammo hal bo‘lmasa, shariat bo‘yicha qoziga yoki mas’ul diniy rahbarga chiqish mumkin.

Demak, bu holda ayolning ikki yo‘li bor:

  1. Xul’ qilish – eriga mablag‘ berib, ajralish.

  2. Qoziga murojaat qilish – agar er zulm qilib, taloq bermasa, ayolni qiynasa.

Allohdan qo‘rqish kerak. Ayolni majburan ushlab turish joiz emas.

Vallāhu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Yangi namoz boshlagan onamga vitrni o‘rgatmay tursam bo‘ladimi?

    November 28, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025
  • Qonuniy ajrashish taloq o‘rniga o‘tadimi?

    November 27, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025