Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Er ayolini farzand ko‘rishdan man qilishi.

Er ayolini farzand ko‘rishdan man qilishi.

Nashr sanasi: August 9, 2025

Savol :

Mening uch nafar o‘g‘lim bor. Yana farzandli bo‘lishni istayman, lekin erim rozi emas. Bu ishi to‘g‘rimi? Eri rozi bo‘lmasa ham, men farzand ko‘rishga harakat qilsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Farzand ko‘rish huquqi — er va xotinning o‘zaro mushtarak haqqidir. Bu faqat erning qaroriga bog‘liq emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Farzand ko‘rish huquqi — er va xotinning o‘zaro mushtarak haqqi (teng huquqi). Bu faqat erning qaroriga bog‘liq emas. Agar er “farzand ko‘rmaymiz” desa, u xotinning haqqiga tajovuz qilgan bo‘ladi. Shuning uchun, shariatga ko‘ra, sizning farzand ko‘rishga haqqingiz bor va er rozi bo‘lmasa ham homilador bo‘lishingiz mumkin.

Agar er bu sabab bilan taloq bersa, bu ham zulmdir, chunki u xotinning haqqini tortib olgan bo‘ladi. Ko‘p hollarda bunday qarorlar erkakning jaholatidan, iqtisodiy qo‘rquvidan yoki kelajak tashvishlaridan kelib chiqadi. Ammo shariatda ummatning ko‘payishiga targ‘ib bor. Rasululloh ﷺ:

«Uylaninglar, ko‘payinglar! Chunki men qiyomat kuni ummatimning ko‘pligi bilan faxrlanaman» (Abu Dovud, an-Nasā’iy).

Farzand — ota-onaning amalining davomidir, umrdagi baraka vositasidir. Solih bo‘lsa, u ota-onaga shafоat qilishi mumkin. Hayotiy tajriba ham ko‘rsatadiki, ko‘p farzandli oilalarda bolalar bir-biriga suyanch bo‘lib, hayotlari mustahkamroq bo‘ladi.

Shuning uchun erning bu qarashi to‘g‘ri emas. Sizning esa farzand ko‘rishga to‘liq haqqingiz bor.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Uylana olmayotganim sababi sehr qilingan bo‘lishim mumkinmi?

    February 13, 2026