Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Duo ijobat bo‘lishining qilgan gunohlarga bog‘liqligi

Duo ijobat bo‘lishining qilgan gunohlarga bog‘liqligi

Nashr sanasi: May 9, 2025

Savol :

Ustoz, duo ijobat bo‘lishining sekinligi yoki umuman ijobat bo‘lmasligi ilgari qilgan gunohlarga bog‘liqmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillah, vas-salātu vas-salāmu ‘alā rasūlillāh, ammā ba’d. Albatta, bu holat gunohlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sababi, gunohlar qalbni qoraytiradi. Qalb qoraygach, insonning duo qilishdagi quvvati ham kamayadi. Allohdan uzoqlashadi. Qanchalik banda itoatda bo‘lsa, Allohga shunchalik yaqinlashadi. Alloh ham o‘zining yaqin bandalarini yaxshi ko‘radi. Hadisda kelgan: “Mening bandam menga farz ibodatlar orqali yaqinlashadi. Nafl ibodatlarni bajarishda davom etsa, Men uni sevib qolaman. Men uni sevib qolsam, uning eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li, yurgan oyog‘i bo‘lib qolaman. Agar Mendan so‘rasa, albatta beraman; yordam so‘rasa, yordam beraman.” Shunday ekan, duo ijobat bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri – insonning holati, ya’ni gunohlari va itoatdagi darajasi. Vallohu a’lam.

Bismillah, vas-salātu vas-salāmu ‘alā rasūlillāh, ammā ba’d.
Albatta, bu holat gunohlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Sababi, gunohlar qalbni qoraytiradi. Qalb qoraygach, insonning duo qilishdagi quvvati ham kamayadi. Shuning uchun bu narsa bevosita bog‘liq.

Ibn Qayyim rahimahulloh “Ad-Dā’ va ad-Dawā’” kitobida ma’siyat, ya’ni gunohlarning zararlarini sanab o‘tganlar. Ulardan biri – qalbni qoraytirishi. Qalb qoraygandan keyin esa inson duo qilganda kuchli, samimiy iltijo bilan qilolmaydi. Go‘yoki qalb Allohga bog‘lanmaydi, uzoqlashib qoladi. Ma’siyatlar odamni Allohdan adashtirib, uzoqlashtiradi. Uzoqlashgan sayin, duodagi kuch ham kamayadi.

Duo qilishni shunday tasavvur qilsak bo‘ladi: duo qilmoq – qilich bilan urishga o‘xshaydi. Qilich o‘tkir bo‘lishi muhim, ammo undan ham muhimrog‘i – uni ishlatayotgan bilakning kuchi. Zubayr ibn Avvām roziyallohu anhu haqida rivoyat qilinadi: u bir jangda bir kofirni urganlarida, uning dubulg‘asi bilan birga boshini ikkiga bo‘lib yuborgan ekanlar. Odamlar “Qilichingiz juda o’tkir ekan”, deganlarida, u kishi: “Qilich emas, bilak kuchli”, deb javob berganlar. Ya’ni qilich natijasi – uni ishlatgan kishining kuchiga bog‘liq.

Xuddi shunga o‘xshab, duo ham shunday. Bir xil duoni ikki kishi qiladi, lekin natijasi ikki xil bo‘ladi. Bu – duo qilayotgan odamning qalbidagi kuch, ixlos, samimiyatiga bog‘liq. Qalb esa gunohlardan zang bosadi. Alloh taolo aytadi:
“Balki ularning kasb qilgan gunohlari ularning qalblarini zanglatdi.” (Mutoffifin: 14)

Qalbi zanglagan odam esa duo ham qilmay qo‘yadi yoki qilishda loqayd bo‘ladi. Allohdan uzoqlashadi. Alloh asrasin.

Qanchalik banda itoatda bo‘lsa, Allohga shunchalik yaqinlashadi. Alloh ham o‘zining yaqin bandalarini yaxshi ko‘radi. Hadisda kelgan:
“Mening bandam menga farz ibodatlar orqali yaqinlashadi. Nafl ibodatlarni bajarishda davom etsa, Men uni sevib qolaman. Men uni sevib qolsam, uning eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan ko‘zi, ushlaydigan qo‘li, yurgan oyog‘i bo‘lib qolaman. Agar Mendan so‘rasa, albatta beraman; yordam so‘rasa, yordam beraman.”

Allohning bu va’dasi kim uchun? – Allohga nafl ibodatlar orqali yaqinlashgan banda uchun. Demak, buning aksi ham bor: gunohlar bilan Allohdan uzoqlashgan bandaning duosi ham shunga yarasha bo‘ladi.

Shunday ekan, duo ijobat bo‘lishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri – insonning holati, ya’ni gunohlari va itoatdagi darajasi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Qaynota kelinga mahrammi? Uning oldida ro‘molsiz yurish va yolg‘iz qolish mumkinmi?

    June 3, 2025
  • Erkak kishi ayolining soliha dugonalaridan ajratishi joizmi?

    June 3, 2025