Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Duduqlanib gapiradigan kishining savoli.

Duduqlanib gapiradigan kishining savoli.

Nashr sanasi: October 31, 2025

Savol :

Ustoz, menda duduqlanish bor. Odamlarga da’vat qilib gapirsam, ba’zilar kulishadi, mazax qilishadi.
Lekin men ularga tabassum bilan qarayman. Ichimda xafa bo‘laman, ba’zida yig‘layman.
Bo‘ydoqman. Shu kasalligim sababli yuborgan sovchilarim rad javob bilan qaytishyapti.

Lekin Qur’on o‘qisam — duduqlanmayman, ravon o‘qiyman.
Iltimos, menga yo‘l ko‘rsating va menga o‘xshaganlar uchun duo qiling.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Alloh sizga shifo bersin. Albatta, Alloh taolo qodir Zotdir — U xohlagan bandasining tilini sog‘lom qiladi. Alhamdulillāh, Qur’on o‘qiyotganingizda duduqlanmas ekansiz — Alloh taolo sizga boshqa gaplarda ham ravon so‘zlashni nasib qilsin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Alloh sizga shifo bersin. Albatta, Alloh taolo qodir Zotdir — U xohlagan bandasining tilini sog‘lom qiladi.
Alhamdulillāh, Qur’on o‘qiyotganingizda duduqlanmas ekansiz — Alloh taolo sizga boshqa gaplarda ham ravon so‘zlashni nasib qilsin.

Sizga va sizga o‘xshab dard chekuvchi barcha musulmonlarga Alloh taolo shifo va sabr bersin.
Sizni ustizdan kulgan odamlar — aslida o‘zlariga zulm qilayotgan, Allohning hujjatini ko‘paytirayotgan kishilardir.
Siz esa sabr qilganingiz bilan gunohlaringiz to‘kiladi, insha Alloh.


Har bir inson biror imtihon bilan sinaladi:

  • kimnidir ko‘r qilib qo‘yadi,

  • kimnidir duduq,

  • kimnidir esa boshqa bir jihatdan sinaydi.

Alloh taolo qodir Zot. Siz o‘zingizni, masalan, ko‘zi ojiz yoki oyoqlaridan majruh bo‘lgan birodarlarimiz bilan qiyos qiling.
Ularning ahvoliga qaraganda, sizda imkoniyat juda ko‘p: yurayapsiz, ishlayapsiz, Qur’on o‘qiyapsiz, da’vat qilyapsiz.

Agar sizga:

“Duduq bo‘lasiz, lekin sog‘lom yurib ishlayverasiz,”
deyishsa — albatta, siz bunga rozi bo‘lar edingiz.

Shuning uchun o‘zingizdan pastroq holatdagilarga qarasangiz, dardingiz yengillashadi.


Alloh taolo bu dunyoda hammani turlicha sinovlar bilan sinaydi. Mukammal inson yo‘q.
Kimningdir tilida kamchilik, kimningdir aqlida, kimningdir jismida nuqson bor.

Ammo sizga Alloh taolo Qur’on o‘qish, da’vat qilish, sog‘-salomat yurish kabi ne’matlar bergan — bu juda katta fazl.


Hatto ba’zi payg‘ambarlar ham sizga o‘xshagan holatda bo‘lganlar.
Masalan, Muso alayhissalomning tilida ham tutilish bor edi.
Fir’avn u zotning duduqligini masxara qilgan.

Shuning uchun duduq odamni mazax qilish — bu Fir’avnning xulqi.
Shuni bilgan holda, siz o‘zingizni Muso alayhissalom bilan bir qatorda eslang — bu siz uchun faxrdir.


Shuning uchun xafa bo‘lmang, tushkunlikka tushmang.
Sabablarni qo‘llang — logoped yoki mutaxassis shifokorlarga murojaat qiling, harakatni qilib ko‘ring.
Alloh shifo berishga qodir Zotdir.


Uylanish masalasiga kelsak, Alloh sizga nasib qilgan juftingizni albatta uchratasiz, insha Alloh.
Qaysi ayol sizni rad etsa — bilingki, unda xayr yo‘q.
Alloh siz uchun undan yaxshiroq, soliha ayolni taqdir etgan bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun istihora qiling, sabablarni ushlang, sabr qiling.
Alloh taolo sizga ravon til, tinch qalb va soliha juft nasib qilsin.


Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025