Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Dadasi ishonib topshirgan biznesni pulini qimorga tikkan og’il to’grisida.

Dadasi ishonib topshirgan biznesni pulini qimorga tikkan og’il to’grisida.

Nashr sanasi: April 22, 2025

Savol :

Dadamning tayyor bizneslari bor. Uni akamga ishonib topshirdilar. Ammo akam biznesdan tushgan pulni qimorga tikkan. Bu holat 2–3 marta takrorlandi. Akam ko‘p qimor o‘ynaydi, bergan pulni qaytarmayapti. Akamning qimorga mukkasidan ketgani sababli dadam ko‘p qarzga botganlar. Shunday vaziyatda nima qilgan ma’qul: biznesni akamdan olib qo‘yganimiz yaxshi bo‘ladimi yoki yana ishonib topshiraylikmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qimorga pul tikkan kishi safih hisoblanadi, ya’ni u foyda va zarar orasidagi farqni anglamaydigan, oqilona fikrlay olmaydigan kishi. Shunday odamga katta mas’uliyat — tayyor biznes — ishonib topshirilmaydi. Bu biznesni undan olib, foydasini anglaydigan, ishonchli va mas’uliyatli insonlarga topshirish lozim. Vallohu a’lam.

Endi, agar shunaqa holat takrorlanayotgan bo‘lsa, biznesni mutlaqo undan olib qo‘yish kerak. Agar u odam tayyor biznesdan tushgan pulni qimorga tikayotgan bo‘lsa, demak, u mavjud imkoniyatni yo‘q qilmoqda. Alloh taolo Qur’onda aytadiki:

“Mol-dunyolaringizni safihlarga bermanglar. Bu dunyoni obod qilish uchun sizlarga bergan rizqimizdir.” (Niso surasi, 5-oyat)

وَلَا تُؤْتُوا۟ ٱلسُّفَهَآءَ أَمْوَٰلَكُمُ ٱلَّتِى جَعَلَ ٱللَّهُ لَكُمْ قِيَـٰمًۭا وَٱرْزُقُوهُمْ فِيهَا وَٱكْسُوهُمْ وَقُولُوا۟ لَهُمْ قَوْلًۭا مَّعْرُوفًۭا ٥

Qimorga pul tikkan kishi safih hisoblanadi, ya’ni u foyda va zarar orasidagi farqni anglamaydigan, oqilona fikrlay olmaydigan kishi. Shunday odamga katta mas’uliyat — tayyor biznes — ishonib topshirilmaydi. Bu biznesni undan olib, foydasini anglaydigan, ishonchli va mas’uliyatli insonlarga — ukalarga, boshqa akalarga yoki ishonchli kishilarga topshirish lozim.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025