Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Cho‘chqa go‘shtini tanib olish uchun ozroq tatib ko‘rsa bo‘ladimi?

Cho‘chqa go‘shtini tanib olish uchun ozroq tatib ko‘rsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 29, 2025

Savol :

Kelajakda cho’chqa go’shti bo’lgan mahsulotlar yeb yuborilmasligi uchun, ularning ta’mini bilib olish maqsadida cho’chqa go’shtini tatib ko‘rib, so‘ng qusib tashlasa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu — aqlli insonning yo‘li emas. Bunday ishlar haqida musulmon odam o‘zini toza narsalarga undashi lozim. Alloh Subhānahu wa Ta‘ālā insonni fitrat bilan yaratgan. O‘sha fitrat orqali u habīs narsalarni ham, tayyib (toza, halol) narsalarni ham ajrata oladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu — ahmoq odamning ishi. Biror yomon narsaning yomonligini bilish uchun uni albatta qilib ko‘rish shart emas. Odam ahlatning yomonligini bilish uchun uni yeb ko‘rishi kerakmi? Qaytib menga ahlat yedirib qo‘ymaslik uchun, avval uni tatib ko‘rib chiqish kerakmi? Hamma odam ham har bir narsani yeb ko‘rib bilishi kerakmi? Bu narsa — fitrat masalasi.

Alloh Subhānahu wa Ta‘ālā har bir insonda habīs (iflos) narsalarni ajrata oladigan fitrat bilan yaratgan. Yomon narsani bilish uchun uni yeb ko‘rish shart emas. Inson tabiatida o‘zi yomonlikni farqlash qobiliyati bor. Butga sajda qilish yomonligini bilish uchun, borgan joyda ibodat qilib ko‘rish kerakmi? Bir marta ibodat qilib: “Ha, bu yomon ekan”, deb keyin tark qilasizmi?

Xuddi shuningdek, axlatni yeb ko‘rib: “Bu yomon ekan”, deb tanib chiqish kerakmi? Insonga ta’m va hid orqali ajratish yetarli. Bu — aqlli odamning ishi emas. “Tatib ko‘raman-da, qusib tashlayman”, degan fikr — bema’nilikdir. Bu — aqlli odamning savoli emas.

Bu — aqlli insonning yo‘li emas. Bunday ishlar haqida musulmon odam o‘zini toza narsalarga undashi lozim. Alloh Subhānahu wa Ta‘ālā insonni fitrat bilan yaratgan. O‘sha fitrat orqali u habīs narsalarni ham, tayyib (toza, halol) narsalarni ham ajrata oladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025