Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Chet ellik ishchilarimizga oilalarini keltirib berishimiz kerakmi?

Chet ellik ishchilarimizga oilalarini keltirib berishimiz kerakmi?

Nashr sanasi: December 26, 2024

Savol :

Qo’limizda chet ellik uylangan birodarlarimiz ishlaydi. Aksariyati uch, to’rt yildan beri moddiy imkoni yo’qligi uchun vataniga qayta olmaydi. Bola-chaqasi va ota-onasi bilan ham  ko’rishmaydi. Biz ularga qandaydir sharoit yaratib berishga majburmizmi? Deylik, har 2-3 oyda ulardan birining ayolini olib kelib, ularni alohida turar joy bilan ta’minlab, keyin yurtiga jo’natib, undan keyin yana boshqa ishchini ayolini olib kelib, unga ham shunday sharoit qilib berishimiz kerakmi? Shu masalada dinimiz nima deydi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Bunday ish qilishga majbur emmasiz, ammo shunday qilsangiz bu fazilatli ish bo’ladi.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Aslida bunday qilishga, ularning oilalarini olib kelib ta’minlab berishga majbur emassizlar. Lekin shu ishni qilsangiz juda katta fazilatli ish bo’ladi, ehson bo’ladi.

Agar ular oilasizlikdan zino holatiga tushib qolayotgan bo’lsalar, sizlarni qo’l ostingizda bo’lsalar, albatta bunday holatda aytgan ishlarizgizni qilib berishingiz kerak bo’ladi. Aslida ish beruvchi odam ijarada ishlayotgan odamga o’xshaydi. Siz unga oylik beryapsiz u sizni qulingiz emas hohlasa ishlasin, hohlasa ketsin. Bu holatda siz unga hech qanday majburiyatda emassiz. Siz bilan u odamning o’rtasidagi aloqa ijara aloqasi bo’ladi.

U kishining shaxsiy hayotining kamchiliklarini to’g’rilab berish sizni majburiyatingiz emas. Agar u sizni farzandingiz bo’lganida, uni zinoga tushib qolmaslik uchun uylantirib qo’yish sizning otalik mas’uliyatingizga kirar edi. Yoki, insonni quli zinoga tushib qolmasligi uchun xojasi uni uylantirib qo’yishi kerak. Agar buni insoniylik nuqtai nazaridan qilsangiz ehson bo’ladi.

Allohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

3

  • Sun’iy idrok (AI), din va musulmonlar

    April 17, 2025
  • Imkoniyatingiz bo’lsa ilm olish afzalmi yoki hojiboshilik?

    April 17, 2025
  • Musulmon odam do‘zaxda abadiy qoladimi?

    April 17, 2025
  • Go‘zal xulq bilan muomala qilish riyomi?

    April 17, 2025
  • Qarzdorlar qarzini cho‘zib yursalar, menga ajr yoziladimi?

    April 17, 2025
  • Kasalni ziyorat qilishga beparvo bo‘lish — bu iymon zaifligining belgilaridan biridir.

    April 17, 2025