Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Chayon zahri va davolash

Chayon zahri va davolash

Nashr sanasi: May 7, 2025

Savol :

Shariatimizda chayon zahri yoki u qo‘shilgan dorilar bilan davolanish hukmi nima? Pul topish maqsadida chayon zahri yig‘ish va sotish mumkinmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariatimizda chayon zahrini davolanish maqsadida ishlatishga ruxsat etiladi. Chunki bu insonlar uchun manfaatli narsa. Imom Molik, Imom Abu Hanifa, Imom Shofe’iy – ularning barchalari bunga fatvo berganlar. Insonlar uchun manfaatli bo‘lsa ularni olish, boqish, zaharini yig‘ish va sotish – bularning barchasi bir xil hukmda bo‘ladi.

Bismillahir rohmanir rohiym. Vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah, va ba’d.

Buni davolanish maqsadida ishlatish ruxsat etiladi. Chunki bu insonlar uchun manfaatli narsa. Ayniqsa, davolanishda bu narsa foydali, tibbiyotda ishlatiladigan vosita hisoblanadi. Buni ilonlardan olish ham, chayonlardan olish ham joiz; shu maqsadda ularni boqish ham joizdir.

Uni sotish ham joiz. Agar niyat pok bo‘lsa, ya’ni odamlar uchun foydali bo‘lishi ko‘zda tutilsa, bunday narsalarni sotish va yig‘ish joiz bo‘ladi. Bu jumhur ulamolarning fatvosidir. Imom Molik, Imom Abu Hanifa, Imom Shofe’iy – ularning barchalari bunga fatvo berganlar.

Faqatgina Imom Ahmad chayon yoki boshqa jonli mavjudotlardan olinadigan zaharni ishlatishni ajratib ko‘rsatgan. U zot bunday zaharlar bilan davolanishni man etgan, lekin o‘simliklardan olinadigan zaharlarda ruxsat bor deganlar. Shunga qaramay, jumhur ulamolar bunday vositalarni insonlar uchun manfaatli bo‘lganligi sababli joiz deb hisoblaganlar.

Sotish ham xuddi shu hukmda bo‘ladi, ya’ni bir xil hukmda: sotish ham joiz. Uni olish, boqish, zaharini yig‘ish va sotish – bularning barchasi bir xil hukmda bo‘ladi. Bu narsalarning asl hukmi mubohlikdir. Agar ularning haromligiga oid ochiq dalil bo‘lmasa, uni najosat yoki zararli narsa deb ayta olmaymiz.

Shunday bo‘lganidan keyin, bu narsa asl mubohlik hukmiga kiradi. Odamlar qiladigan ishlar, so‘zlar, yeb-ichadigan narsalar – bularning barchasi aslida muboh hisoblanadi. Harom bo‘lishi uchun esa dalil kerak. Agar dalil kelmasa, u narsa o‘zining asl halolligi holatida qolaveradi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025