Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Buvisidan shikoyat qilgan qizning savoli.

Buvisidan shikoyat qilgan qizning savoli.

Nashr sanasi: July 1, 2025

Savol :

Ustoz, buvimiz borlar. Ularga doim yaxshi qaraymiz. Har kuni kechasi massaj qilamiz, kechasi birga ularga qarab o‘tirib chiqamiz. Lekin ular bizni ko‘p urishadilar, onamizni yomonlaydilar, ovqat paytida nojo‘ya so‘zlar gapiradilar. Televizorda doim musiqa va seriallar ochiq bo‘ladi.

Shuning uchun birga o‘tirib ovqatlanishni xohlamaymiz. Biror joyga, hatto dars uchun bo‘lsa ham, borishimizga ruxsat bermaydilar. Birga o‘tirganimizda har xil ma’siyatli ishlar bo‘ladi, bu esa bizga salbiy ta’sir qiladi. Sizni ham eshitmanglar deydilar.

Iltimos, hamma buvilarga nasihat qilsangiz va bizga ham bu holatda qanday to‘g‘ri yo‘l tutish kerakligini ko‘rsatsangiz. Ularga qanday qilib muhabbat bilan muomala qilishimiz mumkin?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Buviga hurmatda davom eting, ammo ma’siyatga sherik bo‘lmang. Yaxshilikda sobit bo‘ling, sabr qiling, chiroyli muomala bilan nasihat qiling.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bugungi savollarning ko‘pi bir-biriga o‘xshash: bu hayot imtihon. Har bir mo‘min inson hayotda sinaladi — ba’zida qarshilik, ba’zida to‘siqlar chiqadi. Yaxshi ish qilgan paytingizda, albatta, shayton vasvasa qiladi, odamlar esa to‘siq bo‘lishadi.

Rasululloh ﷺ Makkada namoz o‘qiyotganlarida ustlariga ahlat tashlashgan, da’vat qilganlarida qarshilik qilishgan, sahobalarini qiynashgan. Ammo Rasululloh ﷺ sabr bilan yo‘llarida davom etganlar. Bu biz uchun eng chiroyli namuna.

Shuning uchun sizlarga nasihatim: ma’siyatga sherik bo‘lmang, lekin yaxshilikni tark qilmang. Garchi buvingiz yomon gapirsa, nojo‘ya ishlar qilsa ham, siz odobdan chiqmasdan chiroyli muomala qiling. Ma’siyat ishlar bo‘lsa, muloyimlik bilan rad eting, lekin hurmatsizlik qilmang.

Alloh hidoyat beruvchi zot. Bugun sizga tavfiq bergan Zot, ertaga buvingizga ham berishi mumkin. Siz sabrli bo‘ling, da’vatni hikmat va halimlik bilan davom ettiring. Nuh عليه السلام 950 yil da’vat qildilar, ammo juda oz odam iymon keltirdi.

Shuning uchun, harakatdan to‘xtamang. Iloji boricha ularga yaxshi gapiring, duo qiling, foydali suhbatlar bilan band bo‘ling. Shunga qaramay ular hidoyat topmasa, bu Allohning hikmatidir. Abu Tolib Rasululloh ﷺ bilan 40 yildan ortiq yashab, iymon keltirmadi.

Ammo sabr qilgan, matonat ko‘rsatgan bandalarga Alloh taolo albatta ajr beradi. Siz shunchaki o‘z burchingizni ado eting.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ovsinlar bir-birining bolasini emizsa, hamma bolalari bir-biriga mahram bo‘lib qoladimi?

    September 2, 2025
  • Tog‘asining o‘g‘liga tekkan va nosog’lom farzand ko‘rgan ayolning savoli.

    August 31, 2025
  • Mashinani haddan tashqari tez haydash natijasida o‘lsa, o‘zini o‘ldirgan hukmida bo‘ladimi?

    August 31, 2025
  • Shafoat so‘rash haqida

    August 30, 2025
  • Maktablarda bolalar fikri zaharlanayotgani haqida savol.

    August 30, 2025
  • “Bir gunohni qilsam ota-onamga oq bo‘lay” degan va o‘sha gunohni qilgan odam hukmi.

    August 30, 2025