Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Buvim g‘iybat qilganda qanday yo‘l tutishim kerak?

Buvim g‘iybat qilganda qanday yo‘l tutishim kerak?

Nashr sanasi: October 28, 2025

Savol :

Ustoz, men katta qiz nevaraman. Buvimning yoshi ancha katta bo‘lib qolgan. Qiz farzandlari bo‘lmagani bois, odatda menga qo‘ng‘iroq qilib dardlashib oladi. Buvimning to‘rtta kundoshi bo‘lsa-da, eri to‘rttadan ko‘p uylangan. Shuning uchun amakilarim, ammalarim va ularning onalari ham ko‘p.

Buvim menga qo‘ng‘iroq qilganida kundoshlarining ishlarini, ba’zan boshqalar haqida ham gapirib qoladi. Men esa uning dardini eshitib turaveraman. U: “Men endi kimga gapiray, odamim yo‘q, senga ichimni bo‘shatib olaman”, — deydi.

Shunday holatda buvimni tinglab o‘tirsam, g‘iybatga sherik bo‘lamanmi?
Agar “Buvi, g‘iybat qilmang” desam, mendan ranjib qolishi mumkin. Ustoz, maslahat bering, nima qilay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday holatda siz hikmat bilan yo‘l tutishingiz kerak. Agar siz: “Bo‘ldi, g‘iybat qilmang”, — deb to‘xtatib qo‘ysangiz, u kishi ranjib qoladi, dedingiz. Shuning uchun bu holatda to‘g‘ri tushuntirish imkoniyatini topish zarur.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatda siz hikmat bilan yo‘l tutishingiz kerak.
Agar siz: “Bo‘ldi, g‘iybat qilmang”, — deb to‘xtatib qo‘ysangiz, u kishi ranjib qoladi, dedingiz. Shuning uchun bu holatda to‘g‘ri tushuntirish imkoniyatini topish zarur.

Siz tinglab turgan holatda niyatingizni to‘g‘rilab, ya’ni “bu kishini to‘g‘rilash maqsadida eshityapman”, degan niyatda bo‘ling.
Buvingiz dardini aytayotgan paytda, so‘ngra imkon topib, yumshoqlik bilan, sekin-sekin, hikmat bilan to‘g‘rilab borsangiz, asta-sekin o‘sha odatdan chiqib ketishlari mumkin.

Har safar sekin burib-burib to‘g‘rilayversangiz, Allohning izni bilan, u kishi o‘z holatini o‘zi ham tushunib boradi.
Siz esa imkon qadar taqvo bilan ish tuting, ko‘nglini og‘ritmay, hikmat bilan eslatib turing.

Gaplarini eshitayotgan paytda ham, ichingizda:

“Hozir bir imkon topib, to‘g‘rilayman,”
degan niyatda bo‘ling. Gaplaridan o‘zingizga mos joy topib, yumshoqlik bilan eslatma bering.

Shunda, vallāhu a‘lam, siz u kishining gunohiga sherik bo‘lmaysiz.
Chunki niyatingiz to‘g‘rilash va maslahat berish bo‘lgan bo‘ladi, g‘iybatga sherik bo‘lish emas.
Shu bilan birga, siz buvingizning ko‘nglini ham og‘ritmaysiz.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026