Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil > Birorta odam uchun o’rnidan turish.

 Birorta odam uchun o’rnidan turish.

Nashr sanasi: December 26, 2024

Savol :

Agar odamlar o‘tirgan majlisga ulugʻ martabaga ega kishi kirib kelsa, uning sharafidan o‘rinlaridan turishlari joizmi? 

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Ikki xil turish bor: Taqiqlangan turish va joiz boʻlgan turish.

Bismillah,

Alloh ta`ologa hamdu sanolar, undan keyin payg`ambar bo`lmaydigan payg`ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomat ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo`lsin.

Ikki xil turish bor:
Taqiqlangan turish va joiz boʻlgan turish

Taqiqlangan turish — bu uni ulug’lash uchun o‘zi o‘tirgan odamning oldida turishdir.

Joiz boʻlgan turish — bu kelgan kishini kutib olish, unga yordam berish yoki hurmat ko‘rsatish maqsadida o‘rindan turishdir.

Faqat insonni ulug‘lash va haddan tashqari taqdirlash maqsadida, u kirganda o‘rnidan turib, u o‘tirgunga qadar turish va keyin u bilan birga o‘tirish taqiqlangan. Bunday harakatni Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) man etganlar va shunday deganlar:
 
«Kim odamlarni uning oldida turishlarini xushko‘rsa, do‘zaxdagi o‘rnini tayyorlayversin».

Biroq Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) boshqa bir hadisda, Sa’d ibn Muoz (roziyallohu anhu) haqida shunday deganlar:  

«Sizlarning sayyidingiz uchun turing», — ya’ni uni kutib oling, salom bering va o‘tirishiga yordam beringlar.

Shu tariqa, agar yig‘ilishga odam kirsa va siz uni kutib olish, o‘rinni bo‘shatish yoki o‘tirishga yordam berish maqsadida o‘rningizdan tursangiz, ayniqsa kelgan odam, katta yoshli kishi bo‘lsa, bu amalda hech qanday ayb yo‘q.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Qur’on tilovatidan keyin uning savobini boshqalarga bag‘ishlash joizmi?

    January 7, 2025
  • Jannatdagi hurlar kimga beriladi.

    January 7, 2025
  • Insonni protezlari bilan dafn qilish hukmi.

    January 7, 2025
  • Akaning o‘gay o‘g‘li mahram hisoblanadimi?

    January 6, 2025
  • Islomiy ismni boshqa bir islomiy ismga o‘zgartirish hukmi.

    January 6, 2025
  • Qorin bilan uxlash (qorinda yotib uxlash) mumkinmi?

    January 6, 2025