Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bolalarga jonli narsalar surati bor kiyim yoki o‘yinchoq olib berish.

Bolalarga jonli narsalar surati bor kiyim yoki o‘yinchoq olib berish.

Nashr sanasi: August 3, 2025

Savol :

Bolalarga jonli narsalar rasmi bor o‘yinchoqlar yoki kiyimlar olib berish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yosh bolaning kiyimida yoki devorga osib qo‘yilgan suratlarda ham oxir-oqibat hurmat bor deb qolgudek bo‘lsa, undan ham chetlanish kerak. Ammo o‘yinchoq bo‘lsa, masalan bola uni o‘ynab, xorlab, oyog‘i tagida bosib o‘ynasa — bu narsa ulug‘lashga kirmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Iloji boricha bu narsalardan chetlanish afzaldir. Lekin o‘sha narsa xorlanish ma’nosida bo‘lsa, masalan bola uni bab-baravar yerga otib, oyog‘i ostida bosib, hurmatsizlik qilsa — bu yengilroq hisoblanadi, kattalar tarafidan ulug‘lanishdan ko‘ra. Ammo baribir bolani shariatga amal qiladigan holatda tarbiyalash, unga shunga muvofiq kiyim va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash — bu uning valiylari, kattalarining vazifasi.

Masalan, yosh bolaga cho‘chqa go‘shti yedirish mumkin emas — u hali mukallaf bo‘lmasa ham. Harom narsani yedirish joiz bo‘lmaganidek, harom narsalarni kiydirish ham joiz emas. Bu rasmlik kiyimlar masalasida ham valiylarga mas’uliyat yuklanadi. Agar kiyimda aniq, katta rasmlar bo‘lsa — bu narsa rasmni ulug‘lash toifasiga kirib qoladi.

Bu esa mumkin emas. Chunki bunday joydan farishtalar qochadi. Farishtalar ketgandan keyin esa, u yer jinlar va shaytonlarga qoladi. “Bolamga jin tegibdi”, “vasvasa bo‘lyapti” degan gaplar — aynan mana shunday suratlar va rasmlar bilan boshlangan bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun bu kabi ishlardan, yosh bo‘lsin-katta bo‘lsin, bolaga, kattaga, uydagi bezaklarga aloqador bo‘lsin — chetlanish kerak. Rasululloh ﷺ bir uyga kirishdan bosh tortganlar, sababi — u yerda pardada rasm bor edi. Oisha onamizning uylarida pardada rasm bo‘lgan, keyinchalik Rasululloh ﷺning gaplaridan so‘ng, u parda yirtilib, rasmlari buzilib, yostiq yoki o‘tiradigan to‘shak qilib tikilgan.

Yosh bolaning kiyimida yoki devorga osib qo‘yilgan suratlarda ham oxir-oqibat hurmat bor deb qolgudek bo‘lsa, undan ham chetlanish kerak. Ammo o‘yinchoq bo‘lsa, masalan bola uni o‘ynab, xorlab, oyog‘i tagida bosib o‘ynasa — bu narsa ulug‘lashga kirmaydi.

Bunday holat biroz yengilroq, ya’ni boshqa shakldagilarga qaraganda bu masalada ish yengilroq bo‘ladi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Urilgan mashina zararini sug‘urta kompaniyasi qoplab bermaganiga oid savol.

    August 5, 2025
  • Millatimizni kvadroberlik illatidan ogohlantiring.

    August 3, 2025
  • Bola tug‘mayman deyishga haqqim bormi?

    August 3, 2025
  • Ayol haydovchilarni biriktirib, ayollar uchun taksi xizmati tashkil etish.

    August 2, 2025
  • Suratlarni albomda saqlash hukmi.

    August 2, 2025
  • Ayol ajrashgan erining familiyasida qolsa bo‘ladimi?

    August 1, 2025