Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bola tug‘mayman deyishga haqqim bormi?

Bola tug‘mayman deyishga haqqim bormi?

Nashr sanasi: August 2, 2025

Savol :

Men uch nafar qiz farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im esa yana farzand ko‘rishni xohlaydi. Har safar: “Tug‘asan!” deb talab qiladi. Ba’zida: “Tug‘ib bermayapsan!” deb hafa ham bo‘ladi. Men esa farzand ko‘rishni istamayapman. Hatto: “Farzand tug‘adigan boshqa ayolga uylaning, roziman”, deyman.
Agar tug‘ishdan bosh tortsam, gunohkor bo‘lamanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar sizda sog‘liq yoki boshqa shar’iy uzr bo‘lmasa, farzand ko‘rishni rad etishingiz joiz emas. Chunki er-xotin hayotining asosiy maqsadlaridan biri – farzand ko‘rishdir. Eringiz bu borada haqli talab qilmoqda.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar sizda sog‘liq jihatidan tug‘ishga to‘sqinlik qiladigan asosli uzr bo‘lmasa, farzand ko‘rishni rad etishingiz shar’an to‘g‘ri emas. Chunki nikohning asosiy maqsadlaridan biri – farzand ko‘rish va zurriyotni davom ettirishdir.

Erkakning o‘z xotini orqali farzand ko‘rishga haqi bor. Sizda allaqachon uch farzand bo‘lsa-da, eringiz yana o‘g‘il ko‘rishni xohlayotgan bo‘lishi mumkin. Agar siz sababsiz ravishda bunga qarshi chiqsangiz, bu eringizni qiyin ahvolga soladi, siz esa bunga sababchi bo‘lgan bo‘lasiz.

Siz: “Boshqa ayolga uylaning”, deb aytayotgan bo‘lsangiz-da, bu muammoni hal qilmaydi. Chunki er-xotin orasidagi rishtalarni saqlash, o‘zaro hurmat, va shar’iy huquqlarni ado etish muhimdir.

Shu sababli, agar sizda shariy uzr bo‘lmasa, eringizga itoat qilishingiz va uni farzand orzusida yolg‘iz qoldirmasligingiz kerak. Aks holda, gunoh bo‘lishi mumkin.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025