Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Bir kishi sababli ishxonada yong‘in chiqsa, bunga kim javobgar bo‘ladi?

Bir kishi sababli ishxonada yong‘in chiqsa, bunga kim javobgar bo‘ladi?

Nashr sanasi: May 27, 2025

Savol :

Ustoz, men ilgari muzqaymoq sexida ishlagan edim. Bir kuni boshliq kechasi meni chaqirib, yordam so‘radi. Havo sovuq edi, shuning uchun xona isishini ta’minlash uchun elektr pechka yoqdim. Ammo uni o‘chirmay chiqib ketibman. Ertalab kelganimizda gilam, pol va kompyuter kuyganini ko‘rdik. Men ta’mirlab berdim, lekin boshliq yana: «Sen qarzdorsan», deb oyligimdan ushlab qoldi. Men ishga qaytmay qo‘ydim. Oradan vaqt o‘tib, boshliq menga qo‘ng‘iroq qilib: «Pulimni ber», dedi. Men esa: «Sendan qarzdor emasman», dedim. Shu ishim to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Siz bu zarar uchun javobgarsiz, chunki bevosita sababchi o‘zingizsiz. Pechkani yoqib, e’tiborsizlik bilan uni o‘chirmay ketganingiz oqibatida zarar yuz bergan. Shariatda kimning qo‘li bilan zarar sodir bo‘lsa, o‘sha odam uni qoplashga mas’ul bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bu ishingiz to‘g‘ri emas. Siz bu zarar uchun javobgarsiz, chunki bevosita sababchi o‘zingizsiz. Pechkani yoqib, e’tiborsizlik bilan uni o‘chirmay ketganingiz oqibatida zarar yuz bergan. Shariatda kimning qo‘li bilan zarar sodir bo‘lsa, o‘sha odam uni qoplashga mas’ul bo‘ladi.

Agar boshliq oyligingizdan ma’lum qismini ushlab qolgan bo‘lsa, qolgan zarar ham siz zimangizda bo‘ladi. Siz ishni to‘xtatib ketganingiz bilan mas’uliyatdan ozod bo‘lmaysiz. Eng yaxshi yo‘l — qaytib borib, uzr so‘rab, halollik bilan bu masalani hal qilishdir. Hatto agar imkoningiz bo‘lsa, zarar miqdorining hech bo‘lmasa bir qismini qoplashni taklif eting.

Bu dunyoda halollik qilish — qiyomatdagi hisob-kitobdan yengil bo‘lishga sabab bo‘ladi. Bo‘yningizda qolgan qarz oxiratda og‘ir javobgarlik bo‘lishi mumkin. Shuning uchun halollik bilan orani oching va Allohdan baraka so‘rang.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025