Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Baqara surasini 40 kun uzluksiz o‘qish shartmi? Bu amal Qur’on va Sunnatga muvofiqmi?

Baqara surasini 40 kun uzluksiz o‘qish shartmi? Bu amal Qur’on va Sunnatga muvofiqmi?

Nashr sanasi: June 22, 2025

Savol :

Baqara surasini har kuni qoldirmasdan 40 kun o‘qisangiz, uyingiz va o‘zingiz poklanasiz, sabringiz sinaladi degan gap to‘g‘rimi? Buni qilayotgan ayrim odamlar o‘zlarida noxushlik, og‘riq yoki bolalarida sinovlar sezayotganini aytishyapti. Shunga qaramay, bu amalni bir kun ham qoldirmasdan o‘qish kerak deyishyapti. Bu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday 40 kunlik amal haqida shariatda hech qanday dalil yo‘q. Baqara surasining fazilati haqida sahih hadislar mavjud, masalan: uni o‘qilgan uyga shayton uch kun yaqinlashmaydi, sehr ta’sir qilmaydi, degan kabi fazilatlar bir martalik o‘qishga taalluqlidir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday 40 kunlik amal haqida shariatda hech qanday dalil yo‘q. Baqara surasining fazilati haqida sahih hadislar mavjud, masalan: uni o‘qilgan uyga shayton uch kun yaqinlashmaydi, sehr ta’sir qilmaydi, degan kabi fazilatlar bir martalik o‘qishga taalluqlidir.

Ammo “har kuni 40 kun davomida o‘qisang, sabring sinaladi, tozalanasan” degan gaplar odamlar to‘qib chiqargan bid’at so‘zlar bo‘lib, shariatga nisbat berilishi katta xatodir. Shariatda 40 kun qilib o‘qish yoki shuni shart qilish haqida hech qanday asos yo‘q.

Agar o‘qimoqchi bo‘lsangiz, sanamay, bosim qilmay, iloji boricha o‘qing. Har kuni o‘qisangiz ham bo‘ladi, ikki kunda bir, uch kunda bir o‘qisangiz ham bo‘ladi. Ammo bunga majburiyat sifatida qarash, og‘irlik his qilish – noto‘g‘ri.

Xulosa: Shariatda 40 kun Baqara surasini o‘qish shart emas. Fazilat bor, lekin uni majburlikka aylantirish va shariatga bog‘lash noto‘g‘ri.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025