Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayollarning nomahram erkaklarning kanalini boshqarishi shariatga to‘g‘ri keladimi?

Ayollarning nomahram erkaklarning kanalini boshqarishi shariatga to‘g‘ri keladimi?

Nashr sanasi: August 14, 2025

Savol :

Ustoz, men ilm o‘qib yurgan ikkita bolani taniyman. Ular o‘zlarining darslarini YouTube va Telegramda joylab borishadi. Ularning administratorlari esa o‘zlariga nomahram bo‘lgan ayollar ekan.
Shunga shariat ruxsat beradimi? Ayollarning nomahram erkaklarning kanalini boshqarishi shariatga to‘g‘ri keladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Buning shariatga zid joyi yo‘q. Aslida esa bu ish joizdir. Darslarini olib joylab, to‘g‘ri ma’noda tarqatayotgan bo‘lsa, buning zarari yo‘q.

Bismillah, alhamdulillah va sallatu va salamu ‘ala Rasulilloh va ba’d.
Buning shariatga zid joyi yo‘q. Qachonki o‘zaro gaplashganda fitnaga sabab bo‘ladigan so‘zlar aytilib qolsa, u holda shariatga zid bo‘ladi va harom bo‘ladi. Aslida esa bu ish joizdir. Masalan, darslarini olib joylab, to‘g‘ri ma’noda tarqatayotgan bo‘lsa, buning zarari yo‘q.

Lekin agar ular o‘rtasida xos suhbatlar bo‘lsa yoki ortiqcha gaplashib qolinsa, bunda albatta shayton aralashib, ularni noto‘g‘ri yo‘nalishga tortishi mumkin. Bu esa fitnaga sabab bo‘ladi va fitna eshigini o‘zlari ochgan bo‘lishadi. Bu — mumkin emas.

Ammo agar ortiqcha gaplar bo‘lmay, faqat dars yoki ish yuzasidan muloqot bo‘lsa, vallohu a’lam, bunda zarar yo‘q.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ikki bolasi bor ayol “ortiq tug‘mayman” deyishga haqqi bormi?

    November 28, 2025
  • Farzandlar orasida yaxshi ko‘rishda ham adolat qilish kerakmi?

    November 28, 2025
  • Har qanday sabab natija olib keladimi?

    November 27, 2025
  • Ona bolasining nafaqa pulini ehson qilsa bo‘ladimi?

    November 26, 2025
  • Bolalar jonli narsalar rasmini bo‘yasa bo‘ladimi?

    November 8, 2025
  • Mijozlar kartaga pul o‘tkazsa, dollar kursiga 50 so‘m qo‘shib hisoblash hukmi.

    October 31, 2025