Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayollar skuter haydasa bo‘ladimi?

Ayollar skuter haydasa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: September 18, 2025

Savol :

Ustoz, ayollar skuter yoki samokat minishi joizmi? Ota-onam bunga qarshi. Lekin bilishimcha, buni man qiladigan biron oyat yoki hadis yo‘q-ku, to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Skuter yoki samokat minish aslida muboh — ya’ni shariatda bevosita man qilinmagan. Lekin ayol kishi uchun satr va hayo talablariga zid bo‘lishi sababli, undan tiyilgani afzal. O‘g‘il bolalar uchun ham ehtiyotkorlik va xavfsizlikni ta’minlash lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

To‘g‘ri, Qur’on va hadislarda ayol kishining skuter yoki samokat minishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri man qiladigan nas yo‘q. Lekin umumiy shariat qoida va maqosidlariga qaraganda, ayol kishining holati satr va hayo bilan bog‘langan. Alloh taolo Qur’onda:

وَقَرْنَ فِي بُيُوتِكُنَّ
“Uylaringizda qaror topinglar” (Ahzob, 33) — deb ayollarga uyda bo‘lishni, odatda ko‘zga tashlanmaslikni buyurgan.

Ayol kishining ovozi ham shariatda ehtiyot qilinadi. Masalan, ayollar namozda jahriy o‘qimaydi. Shundan ko‘rinadiki, ayolning holati iloji boricha ko‘zga ko‘rinmaslik, hayo va satrni saqlashdir.

Endi, skuter yoki samokat minish haqida gapiradigan bo‘lsak, qiz bola uni minib, ko‘kragini kerib olib, hammaga tomosha bo‘lib o‘rtadan o‘tib ketishi — bu shariat maqosidlariga zid holat. Shuning uchun “harom” deb hukm chiqarilmasa-da, afzali — bunday qilmaslikdir.

Samokatni sport deya olmaymiz. Bu chiniqtiradigan mashg‘ulot bo‘lishi mumkin, lekin boshqa xavfsizroq va mos alternativ mashg‘ulotlar ham bor. Ayniqsa bugungi kunda samokat va elektr skuterlardan ko‘plab falokatlar, avariyalar bo‘layotganini ko‘ryapmiz. To‘satdan to‘xtash qiyin, katta yo‘llarda xavf juda katta. Bundan tashqari, uyda ham elektr skuterlarning batareyasi portlab, yong‘inlar chiqishi kabi voqealar kuzatilmoqda.

Shuning uchun qiz bolalar uchun bundan tiyilish — afzal. Chunki ularning satrini saqlash, fitna va xavfdan yiroq bo‘lishlari muhimroq.

O‘g‘il bolalarga kelsak, ularga ham ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkin. Lekin u ham xavfsizroq alternativ sport turlari bilan almashtirilsa, yanada yaxshi bo‘ladi. Chunki samokat tezligi baland, to‘xtatishi qiyin va xavfli bo‘lishi mumkin.


Xulosa

Skuter yoki samokat minish aslida muboh — ya’ni shariatda bevosita man qilinmagan. Lekin ayol kishi uchun satr va hayo talablariga zid bo‘lishi sababli, undan tiyilgani afzal. O‘g‘il bolalar uchun ham ehtiyotkorlik va xavfsizlikni ta’minlash lozim.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026