Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayollar ham aliment to’laydimi?

Ayollar ham aliment to’laydimi?

Nashr sanasi: June 30, 2025

Savol :

Ustoz, singlimning turmushi yurishmadi, to‘rt farzandi singlimda qolgan edi. Keyin kuyovni boshqa bir ayol tortib oldi. Singlim esa keyin boshqa bir erkakka turmushga chiqdi. Keyingi turmush o‘rtog‘iga: “Bolalar birinchi erda qolgan”, deb aytgan.

Oradan vaqt o‘tib, birinchi er sudga murojaat qilib, singlimni aliment to‘lashga majbur qilibdi. Singlim hech qayerda ishlamaydi. Bizning tomonda “ona ham aliment to‘laydi” degan qonun bor ekan.

Savolim shuki: Shariatimizda bolaga otasi nafaqa qilmasmidi? Aslida o‘sha odamning sharoiti – singlimning ukalari va hozirgi eridan ham yaxshiroq. Iltimos, bu masalada yo‘l-yo‘riq bering.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yoq albatta, shariatga ko‘ra, farzandning nafaqasi otaning zimmasida.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ayol kishini aliment to‘lashga majbur qilish — bu zulmdir. Bu kabi ish oxir-oqibat biror yerdan muammo bo‘lib chiqadi. Bunday hukm — ya’ni ayolni, ayniqsa bolalarni otasiga berganidan keyin ham, alimentga majbur qilish — aslo shariatga to‘g‘ri kelmaydi.

Shariatga ko‘ra, farzandning nafaqasi otaning zimmasida. Agar bola onasining qo‘lida bo‘lsa ham — ota nafaqasini beradi. Agar bola otasining qo‘lida qolsa — ota yana hammasiga o‘zi mas’ul. Otaning sud orqali onadan aliment undirishi — nohaqlik bo‘ladi.

Agar shunday holatda ayol duoibad qilsa, bu duo ijobat bo‘lishi mumkin, chunki zulmga uchragan kishining duosi rad etilmaydi.

Agar bu kishi bu ishni davom ettirib, pul olish uchun zo‘rlik bilan sudga bosim o‘tkazayotgan bo‘lsa, bilingki, bu nafaqat shariatga, balki odamgarchilikka ham to‘g‘ri kelmaydi. Ayol hatto ishli yoki boy bo‘lsa ham, bola uchun aliment berishga majbur emas, chunki bola otaniki, va nafaqa uning zimmasida.

Alloh taolo Qur’onda marhamat qiladi:

وَعَلَى الْمَوْلُودِ لَهُ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ
Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir.
(Baqara, 233)

Ya’ni bu oyat shuni aniq ko‘rsatadiki, bola uchun mas’uliyat — otaga yuklatilgan. Bu masala faqat dunyoviy qonunlarga asoslanib, “erkak va ayol teng huquqli, kimda bola bo‘lsa, ikkinchisi aliment to‘laydi” degan tizim asosida chiqayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo shariat bunday emas.

Agar bu odam suddan foydalanib, singlingizni majburan alimentga tortsa, bilingki, Alloh bunday zulmni qabul qilmaydi. Ayol bu holatda ikki rakat namoz o‘qib, yoki hatto o‘qimasdan ham dilidan chiqqan duosi bilan duoibad qilsa  — u ijobat bo‘lishi mumkin.

Bu ish — ochiq zulm. Erkak odam bunday bo‘lmaydi. Agar u bolalarni olib ketgan bo‘lsa, o‘zi boqsin. Endi yana ayoldan aliment undirsa, bu xuddi o‘lgan odamga tepgan bilan barobar.

Agar undan pul olish uchun urinsa, yuqorida undan ham kuchli Zot bor — bu ishlar bejavob qolmaydi.

Alloh taolo bunday odamni adolatga, halollikka boshlasin. O‘zi Robbul-‘Ālamīn bo‘lgan Zot bunday yo‘l bilan yuruvchilarga hech qachon baraka bermaydi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Erning birinchi hotinidan bo’lgan farzandlarga ikkinchi ayol qarashi vojibmi?

    July 1, 2025
  • Kargoda ishlayman. Tovarlar yo‘lda sinib ketsa, Xitoydan pulini olib, mijozga beramiz. Bu ishimiz to‘g‘rimi?

    July 1, 2025
  • Ustoz, do‘stimning kartasidagi pulimni xakerlar , o‘g‘irlashdi. Do‘stimdan to‘lab berishini talab qilsam, to‘g‘ri bo‘ladimi?

    June 30, 2025
  • Ustoz, ko‘pchilik oilaviy ish yurgizadi. Shunda er ayoliga oylik to‘lashi shartmi, yoki o‘zaro kelishib, oylik olmasdan ishlasa bo‘ladimi?

    June 30, 2025
  • 6 farzandim bor. Ayolim bilan chet elga o‘qishga bormoqchimiz. Ayolim “farzandlar tarbiyasi muhimroq” deydi. Onam ham rozi bo‘lmaydi. Nima qilaylik?

    June 30, 2025
  • Olimpiada ishtirokchilaridan pul yig‘ib, g‘oliblarga o‘sha mablag‘dan sovrin bersam, joizmi?

    June 30, 2025