Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayolimning akasi singlisining men bilan yashashini istamayapti.

Ayolimning akasi singlisining men bilan yashashini istamayapti.

Nashr sanasi: May 9, 2025

Savol :

Men bir gunoh ish qilib qo‘ydim. Ayolimning akasi bundan xabar topib, “Singlim endi sen bilan yashamaydi,” deyapti. Men esa bu gunohimga chin dildan tavba qildim. Ayolim aslida men bilan yashashni xohlayapti, lekin akasining gapiga qarshi chiqa olmayapti. Bu holatda biz nima qilishimiz kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Gunohingiz qanchalik katta bo‘lishidan qat’i nazar, tavba chin dildan, nadomat bilan, va qaytmaslikka azm bilan bo‘lsa, Alloh uni kechiradi. Ayolingiz ham siz bilan yashashga tayyor ekan, bu oila saqlanishi lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar siz chin dildan tavba qilgan bo‘lsangiz, unda hayotingizni davom ettiring. Rasululloh ﷺ aytganlar: “Gunohidan tavba qilgan kishi – go‘yo hech qanday gunoh qilmagan kishidek bo‘ladi.” Demak, tavba qilganingizdan so‘ng Alloh taolo gunohingizni o‘chiradi, sizni poklaydi — bu Allohning va’dasidir.

Gunohingiz qanchalik katta bo‘lishidan qat’i nazar, tavba chin dildan, nadomat bilan, va qaytmaslikka azm bilan bo‘lsa, Alloh uni kechiradi. Ayolingiz ham siz bilan yashashga tayyor ekan, bu oila saqlanishi lozim.

Endi akasiga tushuntirish kerak: oilani buzish, ayniqsa orada farzandlar bo‘lsa, katta mas’uliyat va og‘ir oqibatlarga olib keladi. Aka sifatida rashk yoki g‘azab tabiiy bo‘lishi mumkin, ammo kechirish, tushunish, tavbani qabul qilish – bu Islomning ta’limidir.

Akasiga iloji boricha yumshoq, hurmatli tarzda tushuntiring: “Men tavba qildim, bu oilani buzish emas, tiklash tarafdoriman. Ayolim ham men bilan yashashni xohlaydi. Sizdan maslahat emas, duoni kutamiz.”

Yana bir bor eslataman: agar chin tavba qilingan bo‘lsa, insonning o‘tmishi bilan uni doimiy jazolash yoki tahqir qilish to‘g‘ri emas.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, turk ustozimdan eshitdim: og‘ir kasalga jamoaviy Yosin o‘qish — islomiy jihatdan to‘g‘rimi? Bu bid’atga kirmaydimi?

    June 4, 2025
  • Mahramsiz safarga chiqish shar’an joizmi?

    June 4, 2025
  • Nikoh paytida oila qurayotganlarni tanimaydigan kishilarning guvohligi o‘tadimi?

    June 4, 2025
  • Namoz o‘qimaydigan odamga salom bermasa bo‘ladimi?

    June 4, 2025
  • Ovqatdan soch tolasi chiqishi va ovqat pishirgan kishini malomat qilishish haqida.

    June 4, 2025
  • Xulu‘ orqali ajrashgan ayol eriga qayta turmushga chiqishi joizmi?

    June 4, 2025