Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi sog‘liq uchun ko‘chada bir o‘zi yurishi joizmi?

Ayol kishi sog‘liq uchun ko‘chada bir o‘zi yurishi joizmi?

Nashr sanasi: September 18, 2025

Savol :

Ustoz, hozir ayollar sog‘liq uchun yurish kerakligi sabab ko‘pincha bir o‘zi ko‘chaga uzoq masofaga yurish uchun chiqyapti. Shu to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar yurish sog‘liq uchun bo‘lsa va joy ham omon bo‘lsa, bunda shariat jihatidan man qiladigan narsa yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunda zarari yo‘q. Chunki ayol uzoq masofaga yurgan bilan safar qilib ketib qolmayapti-ku. U tinch-omon shaharda bo‘lsa, birov mashina bilan olib ketib qolayotgani yo‘q bo‘lsa, yo‘lda bezorilar chiqib, uni bezovta qilish xavfi bo‘lmasa, ya’ni xavfsizlik ta’minlangan bo‘lsa — yurishi mumkin.

Agar yurish sog‘liq uchun bo‘lsa va joy ham omon bo‘lsa, bunda shariat jihatidan man qiladigan narsa yo‘q. Hozir, alhamdulillah, ko‘p joylarda xavfsizlik yaxshi ta’minlangan, ayol kishining yurishida biror fitna eshitilmaydi: kimdir yo‘lini to‘sib qo‘ymaydi, kimdir gap otmaydi.

Shunday bo‘lgandan keyin, ayolning bir o‘zi sog‘lig‘i uchun borib-kelishida hech qanday shariatga zid jihat yo‘q.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026