Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi o‘zini farzand ko‘rmaydigan qilib jarrohlik amaliyoti qildirishiga shar’an ruxsat bormi?

Ayol kishi o‘zini farzand ko‘rmaydigan qilib jarrohlik amaliyoti qildirishiga shar’an ruxsat bormi?

Nashr sanasi: June 2, 2025

Savol :

Domla, mening 5 nafar farzandim bor, ularning barchasini tabiiy yo‘l bilan dunyoga keltirganman. Hozir oltinchi farzandimga homiladorman. Shifokorlar bu safar amaliyot (keserva) orqali tug‘dirish kerak, deyishyapti. Shu jarayonda trubalarimni bog‘latishim joizmi? Bu bilan gunohkor bo‘lmaymanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar sog‘lig‘ingizda jiddiy muammo bo‘lmasa, ya’ni yurak, qon bosimi, yoki hayot uchun xavf soluvchi holatlar bo‘lmasa, trubalarni bog‘latish shar’an joiz emas. Ammo hayotingizga xavf tug‘diruvchi tibbiy zarurat bo‘lsa, ruxsat etiladi. 

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar sog‘lig‘ingizda jiddiy muammo bo‘lmasa, ya’ni yurak, qon bosimi, yoki hayot uchun xavf soluvchi holatlar bo‘lmasa, trubalarni bog‘latish shar’an joiz emas. Bu — Allohning rizq va hayot haqidagi taqdiriga aralashish sanaladi. Farzandlar Allohning ne’mati bo‘lib, ularni oldindan cheklab qo‘yish o‘ta jiddiy ish.

Alloh taolo hech kimga toqatidan ortiq yuk yuklamaydi. Ba’zan odamlar yosh ulg‘aygach, tabiiy ravishda farzand ko‘rmay qo‘yadi — bu holatning o‘zi Alloh tomonidan bir to‘xtashdir.

Ammo agar shifokorlar aniq tibbiy sabablar bilan: “Keyingi tug‘ruq sizning hayotingiz uchun xavfli bo‘ladi” — deb, ishonchli tashxis qo‘yishgan bo‘lsa, bu holda trubalarni bog‘latish joiz bo‘ladi, chunki bu — zarurat asosida amalga oshiriladi.

Lekin oddiy charchoq, farzandlar soni yetarli bo‘ldi degan mulohazalar bilan bog‘latish joiz emas.

Xulosa:
Agar sog‘lig‘ingiz yaxshi bo‘lsa, bog‘latishdan saqlaning. Ammo hayotingizga xavf tug‘diruvchi tibbiy zarurat bo‘lsa, ruxsat etiladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Hajga borish uchun pora bersa bo‘ladimi?

    July 19, 2025
  • Qoshlarni “pudra sepilishi” uslubida tatuaj qildirish haqida.

    July 18, 2025
  • Ayol kishi kindigini teshtirib, zirak taqishi joizmi?

    July 18, 2025
  • Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

    July 18, 2025
  • To‘ylarda ofitsiant bo‘lib ishlaydigan kishining savoli.

    July 17, 2025
  • Uyni bitishidan avval sotib olish hukmi.

    July 16, 2025