Ustoz, men dietologiya sohasida o’qidim. Uyda o’tirib, telefon orqali faqat ayollardan iborat guruh ochib, to’g’ri ovqatlanish va ozish bo’yicha dars o’tmoqchi edim. Ammo erim bu guruhga ovozli xabar yuborishimga qarshi. Xabarlarni qo‘lda yozib chiqish esa ko‘p vaqt oladi.
“Ovoz avrat emas-ku”, desam, “yo‘q, avrat”, deydi. Bu haqida ko‘p surishtirdim, izlandim, lekin hammada har xil fikr. Ustoz, ayolning ovozi avratmi? Axir men bekorchilik uchun emas, balki odamlarga foyda yetkazish, kimningdir sog‘lig‘ini yaxshilash va sog‘lom hayotga yo‘naltirish maqsadida gapirmoqchiman.
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshmanglar”, deganlar-ku.