Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

Ayol kishi mo‘ylovini olsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 18, 2025

Savol :

Ayol kishi yuzidagi mo‘ylovni oldirsa, bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, bo‘ladi. Ayol kishi aslida tabiatan mo‘ylovli qilib yaratilmagan. Mo‘ylov — erkak kishining belgisi, ayol kishining nozikligi va tabiiy holatiga bu narsa zid hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, bo‘ladi. Ayol kishi aslida tabiatan mo‘ylovli qilib yaratilmagan. Mo‘ylov — erkak kishining belgisi, ayol kishining nozikligi va tabiiy holatiga bu narsa zid hisoblanadi.

Lekin Alloh taolo Hikmatli Zot bo‘lib, kimni xohlasa shunday yaratar. Ba’zi hollarda ayol kishida mo‘ylov yoki soqolga o‘xshash tuklar chiqib qolishi mumkin. Bunday holatda ulardan qutulish, yo‘qotish joiz bo‘ladi.

Agar bu holat ayol kishining qiyofasini erkakka o‘xshatib qo‘yayotgan bo‘lsa, va tuklar ko‘payib borayotgan bo‘lsa — ularni olib turish nafislik va tabiiylikni saqlash uchun ruxsat etiladi.

Zamonaviy davrda bu borada halol va xavfsiz usullar mavjud. Bu — xilqatni o‘zgartirish emas, balki asl tabiatga qaytish sanaladi. Masalan, erkak kishining  peshonasida yoki yuzining notabiiy joylarida tuk chiqsa va ularni olib tashlasa — bu ham qoshni o‘zgartirish yoki bid’at emas. Balki insonni o‘z holatiga qaytarish sanaladi.

Xuddi shunday, ayol kishining mo‘ylovi ham erkaklarga xos belgi bo‘lgani sababli, undan tozalanish joiz va ma’qul amaldir.

Vallāhu a‘lam.


Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026