Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi va eriga aql o‘rgatishi.

Nashr sanasi: July 20, 2025

Savol :

Ayol kishi erining aka-ukalariga aralashishi to‘g‘rimi?
Aka-ukalar o‘rtasida kelishmovchilik chiqmasin deb, eriga aql o‘rgatishi to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar ayol eriga aka-ukalar o‘rtasi buzilmasin deb nasihat qilsa, bu aql va iymondan dalolat. Bu — islohchi, dono ayolning ishi. Ammo aralashish muloyimlik va hikmat bilan bo‘lishi kerak. Agar ularning roziligi bo‘lmasa, ayol sukut saqlagani afzal.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Nasihat qilish deyiladi. Bu — aqlli ayolning ishi. Aslida, bunday paytda ayol eriga ‘aql o‘rgatyapti’ degan ibora noto‘g‘ri. Bizning tilimizda buni “nasihat qilish” deb ataymiz.

Bu esa — aqlli, ongi yetuk ayollarning ishi. Shunday holatlarda erining aka-ukalari bilan o‘rtasi buzilmasin, deb uning orasini isloh qilishga harakat qilgan ayol — bu haqiqiy mo‘min ayolning ishidir. Aksincha bo‘lsa — ya’ni fitna chiqarish, ajratish, sovuqchilik solish bo‘lsa — bu munofiqlik va shaytoniy yo‘ldir.

Aqlli ayol esa aka-ukani yarashtirishga harakat qiladi. Eriga: “Bu akangiz, bu ukangiz — baribir jigaringiz. Bugun xafa bo‘lsangiz ham, ertaga biror musibat bo‘lsa, sizni ko‘tarib yuradigan, janozangizni o‘qiydigan, bolalaringizga qaraydigan — shular bo‘ladi,” deb eslatadi. Bu so‘zlar erning yuragiga ta’sir qiladi, uni yumshatadi. Chunki jigarning o‘rni boshqacha. Begona odamdan emas, aynan o‘z jigarlaridan yordam kutiladi.

Farzandlaring ham oxir-oqibat shu qarindoshlik rishtalarini tutgan holda hayot kechiradi. Shu sababli bu kabi nasihatlar — ayolning dono ekanidan darak beradi.

Lekin bunda aralashish hikmat bilan bo‘lishi kerak. Aralashish — degani bu o‘rtaga tushib, o‘zim to‘g‘rilayman deb turib, masalani yanada yomonlashtirish emas. Muloyim, hikmatli, urfga muvofiq tarzda maslahat berish kerak.

Ba’zida ayolning aralashuvini aka-ukalar o‘zlariga nisbatan hurmatsizlik deb tushunishi mumkin. Ayol: “Men faqat isloh qilyapman,” desa ham, ular buni to‘g‘ri qabul qilmasligi mumkin. Agar holat shunday bo‘lsa — ayol aralashmasligi, sukut saqlashi afzal.


Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026