Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol haydovchilarni biriktirib, ayollar uchun taksi xizmati tashkil etish.

Ayol haydovchilarni biriktirib, ayollar uchun taksi xizmati tashkil etish.

Nashr sanasi: August 2, 2025

Savol :

Ustoz, bizning shahrimizda taksi xizmatidan asosan ayollar foydalanishadi. Taksistlar erkak bo‘lganligi sababli ko‘p holatlarda har xil fitnalar yuz bermoqda. Hozirda mashina haydaydigan ayollar ham ko‘payib bormoqda. Shu sababli mashina haydaydigan ayollarni biriktirib, faqat ayollar uchun maxsus taksi xizmati tashkil qilishimiz joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bu joiz, muboh bo‘lgan ish hisoblanadi. Biroq har doimgidek, foyda va zararni solishtirib ko‘rish kerak. Ayollar tomonidan taksi xizmatini ko‘rsatishda ham ba’zi ehtiyot choralariga rioya qilish lozim, chunki bunda ham ayrim fitnalar bo‘lishi mumkin.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu joiz, muboh bo‘lgan ish hisoblanadi. Biroq har doimgidek, foyda va zararni solishtirib ko‘rish kerak. Ayollar tomonidan taksi xizmatini ko‘rsatishda ham ba’zi ehtiyot choralariga rioya qilish lozim, chunki bunda ham ayrim fitnalar bo‘lishi mumkin.

Agar bu xizmat faqat ayollarga xizmat ko‘rsatadigan bo‘lsa va haqiqiy ehtiyoj mavjud bo‘lsa — ayniqsa erkak taksichilar bilan bo‘ladigan nojo‘ya holatlar oldi olinayotgan bo‘lsa — bu holda bu ish shariatan joiz bo‘ladi, in shā Alloh.

Zamonaviy hayotda erkak taksichilar bilan yuzaga kelayotgan muammolar – noo‘rin gaplar, yomon nigohlar yoki boshqa fitnali holatlar – ko‘payib ketgani sir emas. Ayollar uchun maxsus va xavfsiz muhitda xizmat ko‘rsatish esa bu fitnalarning oldini olishda foydali bo‘ladi.

Shu bois, agar ayollar haydovchiligi ostida tashkil etiladigan bu xizmat fitnadan xoli, xavfsiz va ijtimoiy ehtiyojga mos bo‘lsa, u holda bu ish ma’qul va maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026