Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ayol bolasini chet elga olib ketish uchun sobiq erini aldab, ruxsatini olsa bo‘ladimi?

Ayol bolasini chet elga olib ketish uchun sobiq erini aldab, ruxsatini olsa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 18, 2025

Savol :

Men chet elda yashayman va bir ayolga uylanmoqchiman. U ayol O‘zbekistonda yashaydi va bolasi bor. Bolasini olib chiqib ketish uchun sobiq erining roziligi kerak.
Agar u erkak bolaga umuman qaramasa, holidan xabar olmasa, nafaqasini bermasa, bolaning kelajagi va ayol turmushi qurishi uchun “sayohatga ketyapman” deb bolaning otasini aldab chet elga olib chiqib ketsa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, bunday qilish joiz emas. Chunki otasini aldab bolani olib chiqib ketish xiyonat hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, bunday qilish joiz emas. Chunki otasini aldab bolani olib chiqib ketish xiyonat hisoblanadi. Alloh taolo Qur’onda aytadi:

 ۖ وَلَا يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَـَٔانُ قَوْمٍ عَلَىٰٓ أَلَّا تَعْدِلُوا۟ ۚ ٱعْدِلُوا۟ هُوَ أَقْرَبُ لِلتَّقْوَىٰ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرٌۢ بِمَا تَعْمَلُونَ

Bir qavmni yomon ko`rishingiz sizni ularga nisbatan adolat qilmaslikka olib bormasin. Adolat qiling. Bu taqvoga oid ishdir. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh qilayotgan amalingizdan xabardor Zotdir. (Mā’ida, 8).

Erining nafaqa bermasligi, bolaga qaramasligi uning gunohi va kamchiligi bo‘ladi. Lekin sizlar undan norozilik qilib bolani yashirincha olib chiqib ketishga haqli emassizlar. Chunki ertaga u ota sifatida “men bolamni ko‘raman, nafaqa beraman” deb da’vo qilishi mumkin. Shunda sizlar uning haqqini buzib qo‘yasizlar va qarzdor bo‘lib qolasizlar.

Shuning uchun bu masalada haq va adolat asosida ish tutish lozim. Er noto‘g‘ri qilgan bo‘lsa ham, masalani shariat va qonuniy yo‘llar bilan hal qilish kerak. Aldash va xiyonat yo‘li bilan ish ko‘rish mumkin emas.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Homilador holimda erim Rossiyaga olib ketmoqchi, itoat qilmasam bo‘ladimi?

    February 17, 2026
  • Erining so‘kishi va sansirashi yoqmaydigan ayolning savoli.

    February 17, 2026
  • Yoshi katta nomahram qarindosh ayollar bilan qanday ko‘rishish kerak?

    February 13, 2026
  • Muammolardan qutulish uchun Baqara surasini o‘qishning dalili bormi?

    February 13, 2026
  • “Vallohi” deb yolg‘on qasam ichish hukmi.

    February 13, 2026
  • Kundur hidiga jinlar kelmaydimi?

    February 13, 2026