Oilam bilan Angliyada yashaymiz. Yaqin yillarda farzandlarimning tarbiyasi va diniy ilmi uchun Saudiyaga ko‘chib o‘tish niyatimiz bor, chunki O‘zbekistonda diniy ta’lim berish cheklangan.
Shu bilan birga, ikki asosiy sababga ko‘ra Angliya fuqaroligini olishni rejalashtiryapmiz:
- Saudiyada Yevropa fuqaroligiga ega bo‘lganlar uchun ish topish osonroq va oylik yuqoriroq bo‘ladi. O‘zbekiston fuqarolariga esa bu nisbatan qiyinroq va oylik pastroq.
- Ayolim va qizim pasport almashtirayotganda O‘zbekistonda hijobsiz rasmga tushishlari kerak bo‘ladi. Angliyada esa hijob bilan rasmga tushishga ruxsat beriladi.
Shu sabablar bilan Angliya fuqaroligini olishimiz shar’an joizmi?