Ustoz, men tadbirkorman. Topgan pullarimdan Alloh yo‘lida yurgan musulmonlarga ehson qilib turaman. Ahli oilamga va ilm olishimizga yetarli miqdorda pul qoldirib, qolgan barcha mablag‘ni Alloh yo‘lida yurganlarga, tolibi ilmlarga va qiynalayotgan mazlumlarga ehson qilishni niyat qilganman, inshaalloh.
Namozxon, qo‘li ochiq otam bor. Mendan ko‘p pul so‘raydilar. Lekin men kamroq beraman, chunki qo‘llari ochiq bo‘lganlari sababli to‘y-ma’raka va boshqa keraksiz joylarga pul sarflab yuboradilar. Ba’zida kamroq berganimda, norozi ham bo‘ladilar. Otamga bergan pullarim behuda ishlarga sarflanib ketsa, Alloh huzurida javob berishdan qo‘rqaman. Shu bilan birga, otamni xafa qilib, rozi bo‘lmasliklaridan, oq bo‘lmaslikdan ham qo‘rqaman.
Savolim shu: nima qilsam avlo bo‘ladi va Alloh rozi bo‘ladigan amalni qilgan bo‘laman?