Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Ali r.a. Fotima onamiz tirikliklarida boshqa ayol olganmilar?

Ali r.a. Fotima onamiz tirikliklarida boshqa ayol olganmilar?

Nashr sanasi: June 17, 2025

Savol :

Ali roziyallohu anhu Fotima onamizning hayotlik chog‘larida boshqa ayolga uylanganmilar?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo‘q, Ali roziyallohu anhu Fotima onamiz hayotlik paytlarida boshqa ayolga uylanmaganlar. Uylanish niyati bo‘lgan, ammo Rasululloh ﷺ bunga ruxsat bermaganlar. Fotima onamiz vafot etgachgina boshqa ayollarga uylanganlar.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo‘q, Ali roziyallohu anhu Fotima onamiz hayotlik paytlarida boshqa ayolga uylanmaganlar. Lekin bir safar Abu Jahlning qiziga uylanish niyatida bo‘lganlar. Bu gap Rasululloh ﷺning qulog‘iga yetganida, minbarda chiqqan holda:

“Ali mening qizimning ustiga Allohning dushmanining qizini olmoqchi ekan. Rasulullohning qizi bilan Allohning dushmanining qizi bir nikoh ostida jamlanmaydi,”

— deb qat’iy rad etganlar. Shuningdek:

“Qizimni xafa qilgan kishi, meni xafa qilgan bo‘ladi,” — deb ogohlantirganlar.

Shundan so‘ng Ali roziyallohu anhu uylanish fikridan qaytganlar va Fotima onamiz hayotlik paytlarida boshqa ayolga uylanmaganlar. Fotima onamiz Rasululloh ﷺ vafotlaridan olti oy o‘tib dunyodan o‘tganlar. Shundan keyin Ali roziyallohu anhu boshqa ayollarga uylanganlar.

Ulamolar bu holatda boshqa ayolga uylanishning man qilinganini Fotima onamizning sharafiga emas, Rasululloh ﷺning maqomiga hurmat sababli bo‘lganini ta’kidlaydilar.

Vallāhu a‘lam.


Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025