Ustoz, men sakkiz yilcha oldin bir ayolga uylangandim. Ikki nafar farzandimiz bor. Tirikchilik sababli xorijga ishlagani chiqib ketganman. U yerda ham ayolim bor edi, buni yurtimizdagi ayolim bilardi.
Korona voqealari sababli bir yildan ortiq o‘sha davlatdan chiqa olmay qoldik. Ayolim bunga sabr qilib yurgan edi. Keyinchalik u bilan gaplashib turishi uchun smartfon olib berdim. Shundan so‘ng u amma-xolalari bilan ham gaplashib, ularning ta’siri bilan menga bildirmasdan bolalarimni olib, uydan chiqib ketdi.
O‘sha paytda olti oy davomida bolalarimni ko‘rsatmadi. Keyin esa mendan nafaqa undirish uchun sudga berdi. Sud qaroriga ko‘ra, bolalarimni oyiga ikki marta ko‘rishga ruxsat berildi. Ammo men bolalarimni har kuni ko‘rib, gaplashib turishni xohlayman.
Hozir esa u turli bahonalar bilan bolalarimni ko‘rsatmayapti, ba’zan oylar davomida ko‘rsatmaydi, hozir esa umuman ko‘rsatmay qo‘ydi. Ustoz, men ham sud orqali bolalarimni olib qo‘ysam joizmi? Agar olib qo‘ysam, ularni qanchada bir onasiga ko‘rsatishim kerak?